89
kun davomida bank tomonidan korxonalardan qabul qilingan hujjatlar
shu kunning o„zidayoq ijro qilinadi. Mas‟ul ijrochi mijozlardan to„lov
topshirig„ini olgandan so„ng to„lov topshirig„idan barcha rekvizitlarning
to„liq va to„g„ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Bundan tashqari, to„-
lovchi korxonaning depozit bo„yicha ochilgan hisobvarag„ida hujjatda
ko„rsatilgan summani to„lashga yetarli pul mablag„lari borligini aniq-
laydi. Agar to„lov topshirig„i to„g„ri va to„liq rasmiylashtirilib, uni to„-
lashga yetarli pul mablag„lari bo„lsa, mas‟ul ijrochi topshiriqnomadagi
barcha ma‟lumotlarni dasturiy yo„l bilan kompyuter orqali bankning
elektron to„lovlarini amalga oshiruvchi hisoblash markaziga o„tkazadi.
Ertasi kun ertalabdan kechikmagan muddatda bank balansi chiqarilgan-
dan keyin hujjatning birinchi nusxasi bankning kundalik yig„majildiga
tikiladi va belgilangan tartibda avval joriy arxivda saqlanadi, bir yil
o„tgandan so„ng umumiy bank arxiviga topshiriladi. To„lov topshiriqno-
masining ikkinchi nusxasi esa mijozning hisobvarag„idan ko„chirma
bilan birgalikda operatsiyalar o„tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat sifati-
da mijozga qaytarib beriladi.
Ushbu bank operatsiyasi bo„yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi
amalga oshiriladi:
Debet To„lovchining “Talab qilinguncha saqlanadigan
depozit” bo„yicha ochilgan hisobvaraq nomeri
Kredit Mablag„ oluvchining “Talab qilinguncha saqlanadi-
gan depozit” bo„yicha ochilgan hisobvaraq nomeri
Ushbu operatsiyani misolda ko„rib chiqamiz.
Davlat korxonasi xususiy korxonadan mahsulot sotib oldi. Davlat
korxonasi sotib olingan mahsulotning pulini to„lash uchun to„lov
topshirig„i rasmiylashtirib o„ziga xizmat ko„rsatuvchi bankka taqdim
etdi. To„lov topshirig„i tegishli nazoratdan o„tkazilgandan so„ng, pul o„t-
kazish bo„yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajarildi:
Debet 20210 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilib olinguncha saqlanadigan depoziti”.
Kredit 20208 “Xususiy korxonaning talab qilinguncha saqlana-
digan depoziti”.
Dostları ilə paylaş: