3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to„lovni qabul qilish bo„yicha operatsiyalar To„lovchi korxona bankida to„langan to„lov talabnomasi “Elektron
pochta” elektron tizimi orqali Markaziy bank qoshidagi Hisob Markazi-
ga uzatiladi. Hisob Markazida to„lovchi korxona bankining vakillik hi-
sobvarag„idan to„lov talabnomasida ko„rsatilgan pul summasi mahsulot
yetkazib beruvchi bankining vakillik hisobvarag„iga o„tkaziladi.
Elektron to„lov tizimi orqali olingan elektron talabnomalar mab-
lag„larni oluvchi bankda bir nusxada qog„ozga chiqariladi. Ilgari to„lov
talabnomasi yana bir nusxa chiqarilib bankning hujjatlar papkasida saq-
lanar edi. Hozir esa bankning o„zida bank axborotlar bazasida elektron
to„lov talabnomasi saqlanadi. Elektron to„lov talabnomasi mas‟ul ijro-
chining imzosi va bank muhri qo„yilgan holda mahsulot yetkazib bergan
korxonaning depozit hisobvarag„iga ilova sifatida qo„shib beriladi. Shu
bilan birga, bu korxonaga hisobvaraqdan ko„chirma ham beriladi. Mah-
sulot yetkazib beruvchi bankida to„lovchi bankidan kelib tushgan to„lov
summasi quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali mablag„ oluvchining hi-
sobvarag„iga o„tkazib qo„yiladi:
Debet Tijorat bankining vakillik hisobvarag„i.
Kredit Mahsulot yetkazib beruvchining depozit hisobvarag„i.
Bu yerda mahsulot yetkazib beruvchi davlat tasarrufidagi, davlat
tassarrufidan tashqaridagi turli mulkchilik shakllariga qarashli korxona-
lar bo„lishi mumkin. Shunga ko„ra ularning hisobvaraq nomerlari belgilanadi.
Turli mulkchilik shakllariga qarashli korxonalar o„rtasidagi hisob-kitoblar bo„yicha buxgalteriya provodkalarini mustaqil yozib ko„ring . Ushbu buxgalteriya yozuvlari mahsulot yetkazib beruvchi kor-
xonaning hisobvarag„iga sotilgan mahsuloti uchun pul mablag„larining
kelib tushganligini bildiradi.
To„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarda hujjatlar ayla-