Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Kredit so„zining yoniga nuqtalar qo„yilgan. Ularning o„rniga



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Kredit so„zining yoniga nuqtalar qo„yilgan. Ularning o„rniga 
tegishli hisobvaraq nomerini yozing va esda saqlab qoling. Buning 
uchun hisobvaraqlar rejasidan foydalanishingiz mumkin. 


98 
Bu buxgalteriya yozuviga qarama-qarshi bo„lgan yozuv to„lov 
talabnomasini 1-kartotekaga qabul qilingan paytda bajariladi, ya‟ni 
to„lov talabnomasining 1-kartotekaga kirim qilinganligi bildiradi. Yuqo-
ridagi buxgalteriya yozuvi esa talabnomaning kartotekadan olinganligini 
bildiradi.
To„langan talabnoma elektron to„lovlar tizimi yordamida Markaziy 
bank qoshidagi Hisob Markazi orqali mahsulot sotuvchi bankiga o„tka-
ziladi. Talabnomaning ushbu nusxasi bankning kundalik hujjatlar yig„-
majildiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi. 
Lekin har doim ham to„lovchi korxonaning hisobvarag„ida to„lov 
talabnomasini to„lashga yetarli pul mablag„lari bo„lmasligi mumkin. 
To„lovchining depozit hisobvarag„ida mablag„ bo„lmaganda talabnoma-
lar 2-kartotekada to„lovni kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi, 
bu haqda mahsulot yetkazib beruvchi bankiga xabar beriladi. Talabnoma 
2-kartotekaga joylashtirilganda balansdan tashqari ko„zda tutilmagan 
holatlar hisobvaraqlari bo„yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga 
oshiriladi: 
Debet 90963 “Muddatda to„lanmagan hisob-kitob hujjatlar” 
Kredit 96321 “Muddatda to„lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo„yi-
cha kontr hisobvaraq”
To„lov talabnomasi 2-kartotekada to„lovchi korxonaning talab 
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„iga talabnomani to„lashga 
yetarli pul mablag„lari kelib tushguncha saqlanadi. Pul kelib tushgandan 
so„ng kelib tushgan mablag„lar doirasida me‟yoriy hujjatlarda o„rnatil-
gan tartibda to„lov amalga oshiriladi. To„lov o„tkazish bo„yicha quyidagi 
buxgalteriya yozuvi bajariladi:
Debet Mahsulot sotib oluvchining depozit hisobvarag„i
Kredit Tijorat bankining vakillik hisobvarag„i 
Bu yerda mahsulot sotuvchi turli mulkchlik shakldagi xo„jalik 
yurituvchi subyekt bo„lishi mumkin. Yuqorida to„lov talabnomasi to„-
langanda davlat tasarrufidagi korxonaning depozit hisobvarag„i orqali 
operatsiya o„tkazilgan holni ko„rgan edik. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin