94
b) mahsulotlarni yuklab jo„natish sanasi va tovar-transport yoki qabul
qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekomuni-
katsiya agentligi orqali jo„natilganda esa – pochta kvitansiyalarining nomeri.
Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib
ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan
joyda yuk uni sotib oluvchi-
ning o„z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning
nomeri ko„rsatiladi. Shunday hollar ham bo„ladiki, mahsulot kontraksiya
shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraksiya shartnomalari
bo„yicha mahsulot yetkazib berishda to„lov
talabnomasining yuqori
qismida ya‟ni talabnoma deb yozilgan so„z yoniga “Kontraksiya
shartnomasi” deb ko„rsatilishi lozim. To„lov talabnomasining pastki,
alohida ajratilgan qismida mahsulot jo„natuvchi korxona rahbari va bosh
buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo„yiladi.
To„lov talabnomasi mahsulot yuklab jo„natilgandan keyin shart-
nomada belgilangan muddatdan kechiktirilmasdan
bankka inkassoga
topshiriladi. Mahsulot yetkazib beruvchi bitta operatsiya bo„yicha talab-
nomalarni inkasso uchun qayta taqdim qilish huquqiga ega emas.
Umuman, to„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarni rasmiy-
lashtirish va hisobga olish ishlarini 3 bosqichga bo„lib ko„rib chiqamiz:
1-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to„lov talabnoma-
sini inkassoga qabul qilinishi.
2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to„lov talabnomalarini to„-
lash bo„yicha operatsiyalari.
3-bosqich. Mahsulot yetkazib beruvchi bankida to„lovni
qabul qi-
lish bo„yicha operatsiyalar.
To„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarning har bir bosqi-
chini alohida ko„rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: