Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Akkreditivlar bo„yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

5.4. Akkreditivlar bo„yicha hisob-kitoblar, ularning hisobga
olinishi va rasmiylashtirilishi 
 
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to„lov aylanmasida juda kam 
ulushni tashkil etadi. Jo„natilgan tovarlar va ko„rsatilgan xizmatlar 
uchun to„lovni kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi. 
Akkreditiv 
– mijozning topshirig„iga ko„ra shartnoma bo„yicha 
uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul maj-
buriyatidir. Akkreditiv so„zining o„zi lotin tilidan olingan bo„lib, 
“ishonchli” degan ma‟noni bildiradi.
Unga ko„ra akkreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga 
to„lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko„zda 
tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari 
bajarilganda ularga bu to„lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin.
Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to„lovchining 
shaxsiy mablag„idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol yetkazib 
beruvchining banki tasarrufiga alohida “Akkreditivlar” balans hisobva-
rag„iga mablag„larni o„tkazib bersa, bunday akkreditivlar qoplangan 
akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan 
andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo„lib, 
bank va boshqa korxonalar oldidagi majburiyatlarini o„z vaqtida bajara-
digan xo„jaliklarga bunday akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. 
Qoplanmagan akkreditivning qoplangan akkreditivdan farqi shundan 
iboratki, bunda to„lovchi korxonaning pul mablag„lari alohida hisobva-
raqqa o„tkazib qo„yilishi talab qilinmaydi. Bank to„lovchi hisobva-
rag„ida to„lov hujjatlari kelib tushganda pul bo„lmagan taqdirda bank 
mablag„lari hisobidan to„lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu 
turining qulayligi shundaki, mol sotib oluvchining pul mablag„lari 
aylanmadan tashqariga chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol 
jo„natuvchi korxona uchun ham to„lov kafolatlangan. Faqat bank mab-
lag„lari hisobidan to„lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan 
miqdorda haq to„lanadi.


104 
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va 
chaqirib olinmaydigan bo„lishi mumkin. Agar akkreditiv bo„yicha huj-
jatlarda bu haqda belgi mavjud bo„lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib 
olinuvchi hisoblanadi. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomo-
nidan mablag„larni oluvchi bilan oldindan kelishib olinmasdan ham 
o„zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Masalan, shartnomada 
ko„zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank-emitent akkreditiv 
bo„yicha to„lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va 
boshqa hollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To„lochi mahsulot 
yetkazib beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini 
o„zgarishi yoki bekor qilinishi to„g„risidagi barcha farmoyishlarni faqat 
bank-emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mahsulot yetkazib 
beruvchining banki, ya‟ni bajaruvchi bankni, u esa o„z navbatida mahsu-
lot yetkazib beruvchi korxonani xabardor qiladi. Bajaruvchi bank ayni 
paytda mahsulot yetkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot yetkazib 
beruvchining banki tomonidan qabul qilingan akkreditiv shartlariga 
tegishli bo„lgan hujjatlar bo„yicha to„lovlarni mazkur bank akkreditivini 
o„zgartirish yoki bekor qilish to„g„risidagi xabarnomani olgunga qadar 
to„lashi shart. Mahsulot yetkazib beruvchining roziligisiz, uning foyda-
siga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o„zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi mumkin emas. Mahsulot yetkazib beruvchi korxona akkreditiv 
shartlarida ko„zda tutilgan hollarda akkreditivni muddatidan oldin 
ishlatishdan voz kechishi mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin