105
zada akkreditiv ochish uchun asos bo„lgan shartnoma raqami, akkredi-
tivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi,
akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv bo„yicha haq
to„lanadigan hujjatlarning to„liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi,
akkreditiv bo„yicha to„lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko„rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochi
akkreditiv ochish haqidagi arizani olib, uning to„g„ri va to„liq rasmiy-
lashtirilganligi, barcha kerakli rekvizitlarning mavjudligini tekshirib ko„-
radi. Shundan so„ng qabul qilingan akkreditiv ochish haqidagi arizaning
birinchi nusxasiga o„z imzosini, bankning to„rtburchak muhr izi, arizani
qabul qilish sanasi va to„lov o„tkazilgan sanani qo„yadi. Arizaning birin-
chi nusxasida ko„rsatilgan barcha rekvizitlar kompyuterga kiritib elektron
to„lovlar tizimi yordamida to„langan summani Markaziy bankning Hisob
markazi orqali mahsulot jo„natuvchi korxona bankiga, ya‟ni bajaruvchi
bankka jo„natiladi. Xaridorning hisobvarag„idan to„lovni o„tkazish bo„yi-
cha operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag„i”
Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag„i”
Dostları ilə paylaş: