Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to„lov talabnomasini to„lash



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

2-bosqich. Mahsulot oluvchi bankida to„lov talabnomasini to„lash 
bo„yicha operatsiyalar 
To„lovchi korxona bankiga mahsulot yetkazib beruvchi korxona 
bankidan birinchi va ikkinchi nusxa to„lov talabnomasi pochta aloqasi 
yoki kuryerlar orqali kelib tushadi. To„lov talabnomalari tomonlar o„rtasi-
da tuzilgan shartnomaga asosan akseptlash tartibida yoki akseptlamas-
dan to„lanishi mumkin. Bank tomonidan talabnomalarni akseptlash 
uchun bir shahar ichidagi hisob-kitoblarda 3 kun, shaharlararo hisob-
kitoblarda 5 kun muhlat beriladi. Lekin korxonaning iltimosiga ko„ra 
bank bu muddatni 10 kungacha cho„zishi mumkin. To„lov talabnoma-
ning rekvizitlari 1-kartoteka bo„yicha yuritiladigan daftarga qayd etiladi 
va mijozga xabar beriladi. Mijoz bu haqda jurnalga o„z imzosini qo„ya-
di. Akseptlash tartibida to„lanadigan talabnomalarning birinchi nusxasi 
to„lov uchun akseptlashni kutayotgan hisob-kitob hujjatlari kartotekasiga 


96 
joylashtiriladi. Bu kartoteka bankda 1-kartoteka deb yuritiladi. Talabno-
maning ikkinchi nusxasi tovar-transport hujjatlari bilan birga keyingi ish 
kunidan kechiktirilmasdan hujjatni akseptlash uchun qabul qilingan sana 
ko„rsatilgan holda va to„lov to„g„risida ma‟lumot sifatida to„lovchiga 
beriladi. Agar mijoz 10 kun ichida bankka tashrif buyurmasa va to„lov 
talabnomasi kelganligi to„g„risida xabar topmasa, talabnoma ijrosiz mol 
sotuvchi korxona bankiga qaytariladi.
Agar banklarda 1-kartotekaning hisobini yuritish dasturiy yo„l bi-
lan olib borilmasa, bunday talabnomalar qabul qilingan kuni “To„lov 
uchun akseptlanishi kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”ni hisobga olib 
borish daftarida ikki nusxada quyidagi rekvizitlarni ko„rsatgan holda 
bank tomonidan qayd etiladi:
– to„lov talabnomasining bankka kelib tushish sanasi va to„lov muddati; 
– to„lovchining hisobvaraq nomeri; 
– to„lovchining nomi; 
– bank kodi; 
– talabnomaning nomeri; 
– to„lov maqsadi va summasi. 
To„lov talabnomasini 1-kartotekaga joylashtirishda quyidagi ba-
lansdan tashqari provodka bajariladi:
Debet – 90962 “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 
Kredit 96319 – “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjat-
lari bo„yicha kontr. hisobvaraq” 
Daftarda har bir to„lov muddati bo„yicha talabnoma summalari va 
bu summalarning yig„indilari ko„rsatilgan bo„lishi lozim. 1-kartoteka-
ning hisobi dasturiy yo„l bilan amalga oshirilsa, talabnoma bo„yicha 
ko„rsatilgan rekvizitlar kompyuterga kiritiladi. 
Yuqorida eslatib o„tganimizdek, to„lovchi to„lov talabnomasining 
ikkinchi nusxasini olgandan keyin, uning to„g„ri rasmiylashtirilganligini, 
shartnoma shartlariga to„g„ri kelish-kelmasligini tekshirib chiqadi. 
To„lovchi belgilangan muddatda tovar moddiy qiymatliklarni jo„natish-
da, xizmatlar ko„rsatishda amaldagi qonuniy hujjat talablariga hamda 
shartnoma shartlariga amal qilinmagan hollarda talabnomani qisman 
yoki to„liq to„lashdan bosh tortishi mumkin. Buning uchun bankka 
yozma ravishda raddiya arizasi topshirilishi lozim. Agar belgilangan 
muddatda bankka raddiya arizasi topshirilmasa, ya‟ni yozma ravishda 
akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi. Aksept-
lashni rad etish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxslar doirasini bank 


97 
bo„limi boshqaruvchisi belgilaydi. Banklar akseptlashni rad qilish mohiyati 
bo„yicha kelib chiqqan bahs va nizolarga aralashmaydilar.
To„lov talabnomasini to„lashdan bosh tortib yozilgan raddiya 
arizasi to„lovchi tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu 
kunning o„zidayoq 1-kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjat-
lari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yetkazib beruvchi korxona 
bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To„lovchi talabnomani akseptlash-
dan qisman bosh tortganda, to„lovchi tomonidan akseptlangan summa 
bo„yicha to„lovlar o„tkaziladi. To„lovchi hisobvarag„ida talabnomaning 
akseptlangan qismini to„lashga yetarli pul mablag„lari bo„lmaganda 
talabnoma “Muddatda to„lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga 
joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talab-
nomaning dastlabki summasi o„chiriladi va yonida to„lovchi akseptlagan 
summa yozib qo„yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to„lovchi 
korxona hisobvarag„iga pul mablag„lari kelib tushgandan so„ng to„lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to„lov talabnomasi bo„yicha 
to„lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to„lov talabnomasi 
akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o„tgandan so„ng to„lanadi. To„-
lov talabnomasini to„lashdan avval to„lovchi korxonaning depozit hisob-
varag„ini yurituvchi mas‟ul ijrochi talabnomani to„lash uchun yetarli pul 
mablag„larining to„lovchi hisobvarag„ida mavjudligini tekshiradi. Agar 
depozit hisobvarag„ida yetarli pul mablag„lari bo„lsa, talabanoma 
to„lanadi. To„lov talabnomasini to„lash quyidagi buxgalteriya yozuvi or-
qali amalga oshiriladi: 
Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab 
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„i”
Kredit 10103 – “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag„i” 
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo„yicha bajarilgan ushbu buxgalte-
riya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko„zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlar bo„yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi 
to„lov talabnomasining o„zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi: 
Debet 96319 “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari 
bo„yicha kontr. hisobvaraq” 
Kredit ............. “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin