Buxgalteriya hisobiga kirishHujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi ilova qilingan Nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 3-sentabrdagi 432-son qarori (O‘zSSR QT, 1971-yil 9-son, 56-modda) “O‘zbekiston SSR Narxlar qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 6-sentabrdagi 434-son qarori (O‘z SSR QT, 1971-yil 9-son 57-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Yüklə 272,01 Kb. Dostları ilə paylaş: |