1. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi.
3. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
5. Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi.
6. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta’minlaydi.
Shu maqsadlarda Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini ko‘paytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;
o‘z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari nima ? Kontseptual asoslar - bu buxgalteriya hisobining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi modelini tavsiflovchi tizim. BHMS ga muvofiq kontseptual asoslar beshta tar-kibiy qismdan iborat: buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari buxgalteriya maʼlumotlarini sifat xususiyatlari moliyaviy hisobotning elementlari moliyaviy maʼlumotlar tan olish va oʻlchash mezonlari buxgalteriya hisobining tamoyillari . Buxgalteriya hisobi beradigan ma’lumot, ya’ni moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar, ularning axborotga bo’lgan ehtiyoji, ana shu axborotning sifati hamda mazmuni, uni e’tirof etish mezonlari, ularni tayyorlash va taqdim etish qoidalarining barchasi konseptual asoslar bilan belgilanib qo’yiladi.
"Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi" Qonun qachon qabul qilingan ? 1996-yil 30-avgustda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279-I-sonli Qonuni qabul qilingan. Yangi tahriri 13-aprel 2016-yilda O`RQ-404-son qonun bilan tasdiqlangan.
O’zbеkiston Rеspublikasi “Buxgaltеriya hisobi to’g’risida”gi qonuniga muvofiq qaysi davr moliyaviy hisobot davri bulib hisoblanadi ? 24-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri: 1-yanvar — 31-dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir. 1-yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs (budjet tashkilotlaridan tashqari) 1-oktabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida tugaydi.
Xojalik jarayonlari tufayli balansda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi ? Xo`jalik jarayonlari tufayli balansda 4 xil o`zgarish yuz beradi.Bular: xojalik jarayonlari tufayli balansning faqat aktiv tomoni o`zgaradi passiv tomonga taʼsir etmaydi. Balans o`z tengligini saqlab qoladi. *xojalik jarayonlari tufayli balansning faqat passiv tomoni o`zgaradi aktiv tomonga ta`sir etmaydi. Balans o`z tengligini saqlab qoladi. *xojalik jarayonlari tufayli balansning har 2 tomoni bir xil summaga ko`payadi. Balans o`z tengligini saqlab qoladi. * xojalik jarayonlari tufayli balansning har 2 tomoni bir xil summaga kamayadi. Balans o`z tengligini saqlab qoladi.
Buxgaltеriya balansining yangi shakli nеchta satrdan iborat ? 2 qism, 560 satrdan
Buxgalteriya balansi necha qismga bo'linadi ? 2 qismga bo`linadi. Aktiv va passiv. Balansning aktiv qismida xo'jalik mablag'lari va ularning joylanishi aks ettirilsa, uning passiv qismida esa xo'jalik mablag'larning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi. Korxonaning har qanday mulki qaysidir manba hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun buxgalteriya balansining aktiv qismi uning passiv qismining umumiy summasiga (valyuta balansiga) teng kelishi kerak.
Buxgaltеriya balansining aktiv qismi nеchta bo’limdan iborat ? Buxgalteriya balansi aktivida mablag’lar quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan. 1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar; 2-bo’lim. Aylanma aktivlar. Balans aktivining 1-bo’limi “Uzoq muddatli aktivlar”da uzoq foydalaniladigan tusdagi aktivlar (moddiy-ashyoviy vositalar, qimmatli qog’ozlar, uzoq muddatli investitsiyalar) aks ettiriladi. Balans aktivining 2-bo’limi “Joriy aktivlar” deb ataladi, bu aylanma mablag’larning 3 guruhga ajratish mumkin bo’lgan barcha summasidir. 1. Zaxiralar va sarflar - ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, qayta sotiladigan tovarlar, bo’lajak davrlar xarajatlari; 2. Pul mablag’lari – kassadagi, valuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar, qayta sotib olingan o’z aksiyalari; 3. Debitorlar – xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, bo’nak to’lovlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, shuba korxonalar bilan hisob-kitoblar, uyushgan korxonalar bilan hisob-kitoblar, ta’sischilar va boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar.
Buxgaltеriya balansining passiv qismi qaysi bo’limlardan iborat ? Balans passivida mablag’lar manbalari quyidagi bo’limlar bo’yicha guruhlangan: 1-bo’lim. O’z mablag’lari manbalari; 2-bo’lim. Majburiyatlar. Balans passivining birinchi bo’limida o’z mablag’lari aks ettirilib, ular quyidagi moddalar bo’yicha guruhlangan: ustav sarmoyasi; qo’shilgan kapital; zaxira sarmoya; taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar); maqsadli tushumlar va fondlar; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak xarajatlar va to’lovlar zaxiralari; bo’lajak davrlar daromadlari. Balans passivining ikkinchi bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha mablag’lar ko’rsatilgan. Bu majburiyatlar uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlar, olingan kreditlar, shuningdek, turli kreditorlik qarzlari bo’lishi mumkin.
Buxgaltеriya balansida sof foyda qo’yidagilardan qaysi birida aks ettiriladi ? passiv 1-qismida
Balansda joylashishiga qarab buxgalteriya hisobi schyotlari qanday guruhlanadi Aktiv va passiv schyotlar
Buxgalteriya balansining tomonlari. Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi. Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.
O'z mablag'larining manbalari balansning qaysi tarafida joylashgan? Passiv schyot
uzoq muddatli aktivlar balansning qaysi qismida joylashgan? Uzoq muddatli aktivlar balansning aktiv qismiga kiradi.
Xo’jalik mablag’larining guruhlanishi. Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak. Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Transport vositalari qaysi mablag’ turlariga kiradi ? Xo'jalik mablag’lari turiga kiradi.Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi rolni o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.
Aktivlarga nimalar kiradi ? Aktiv (lot. activus – faol, ta’sir-chan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va boshqalar). Pulga tez so-tilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bo-zori chaqqon A. (veksellar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, nakd pul va boshqalar) likvid A. deyiladi.
Aylanma mablag’larga nimalar kiradi ? Aylanma vositalar (mablagʻlar) – korxona (xoʻjalik)ning xoʻjalik faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablagʻlari; Aylanma vositalar aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta ish-tirok etadi, har bir ishlab chiqarish davrida butun-lay iste’mol qilinadi, oʻz natural sha-klini oʻzgartiradi, uning qiymati yetish-tirilayotgan mahsulotga toʻliq oʻtadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xa-rajatlari, arzon baho anjomlar va boshqalar).Muomala fondlari – mahsulotning korxonadan chiqib to sotilishiga qadar muomala jarayonida band boʻlgan vo-sitalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablagʻlari va bankdagi hisobvaraqsa turgan mablagʻlar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan bi-rikishi iqtisodiy jihatdan asosli boʻlib, mablagʻlarning muomala va ishlab chiqarish sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.Aylanma vositalar hosil boʻlish manbalariga koʻra korxonaning oʻz Aylanma vositalar ga va qarzga olingan (jalb qilingan) Aylanma vositalar ga boʻlinadi.
Asosiy mablag’larga nimalar kiradi ? Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, as-bob-uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan to-varlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-in-shootlar va boshqa qiymatidan iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital qiymatining bir qismi har yili mahsulotning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga kiradi va amor-tizatsiya ajratmalari tarzida maxsus amortizatsiya fondida jamgʻariladi. Asosiy kapital hajmiga karab mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasini baholash mumkin (Asosiy kapital qiymati ishlovchilar soniga taqsimlanadi). Asosiy kapital tarkiban ikki qismga boʻlinadi: mehnat qurollarida gavdalangan kapital (mashina-mexa-nizmlar); ishlab chiqarishning moddiy sharoitini yaratishda gavdalangan kapital (bino, inshoot, qurilma va hokazolar). Bu qismlar nisbati ishlab chiqarishning turli sohalarida har xiddir (qarang Kapital).
Quyidagilardan qaysi biri asosiy mablag'larga kiradi ?
Quyidagilardan qaysi biri aylanma mablag'larga kiradi ?
Quyidagilardan qaysi biri chetdga jalb qilingan mablag'larga kiradi ?
O’z mablag’lari manbasiga nima kiradi ?
Xo’jalik mablag’lari tashkil topish manbalari nеcha turga bo’linadi ?
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar aktivlariga nimalar kiradi ?
Majburiyatga nima kiradi ?
Dеbitorlik qarzi nima ? Debitor (lot. debitor) — mulk yoki pul qarzi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs, iqtisodiy subʼyekt. Iqtisodiy xoʻjalik aloqalarida korxona, firma, kompaniya va b.ga D. — qarzdorlar (boshqa firma, korxona, kompaniya, shuningdek, fuqarolar) toʻlashi lozim boʻlgan qarzlar miqdori de -bitorlik qarzini hosil qiladi. Bunday qarzlar muddatida qaytariladigan va toʻlash muddatidan oʻtib ketgan qarzlarga boʻlinadi. Oʻz vaqtida undirib olinmagan qarzlar uni bergan korxona zarariga qoʻshib yoziladi. Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida toʻlanishi bozor iqtisodiyotidagi moliyaviy intizomning muhim talabidir.Debitorlik qarzi - xaridorlar yoki boshqa qarzdorlar tomonidan tashkilotga ma'lum (belgilangan yoki kelishilgan) vaqt ichida olishni kutayotgan qarz (qarz) miqdori.
Qarzdor, o'z navbatida, tashkilotning qarzdoridir. Yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham qarzdor sifatida chiqishlari mumkin.
Debitorlik qarzlari tashkilotning aktivlarining bir turi bo'lib, agar bu mablag'lar bevosita korxona ixtiyorida bo'lmasa, debitorlik qarzlari tashkilotning moliyaviy holatiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun uning hajmini nazorat qilish va vijdonsiz sheriklardan qarzlarni qaytarishni talab qilish juda muhimdir. Ammo shu bilan birga, agar siz debitorlik qarzlarini to'g'ri boshqarsangiz, kechiktirilgan to'lovlar va tovar kreditlarini taqdim etish orqali tashkilot o'z mahsuloti yoki xizmatlari bozorini kengaytirishi mumkin.
Debitorlik qarzlari turli sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin, ham tashkilotga bog'liq (masalan, tovar krediti yoki mijozlarga to'lovni kechiktirish) va mustaqil. Tashkilotga bog'liq bo'lmagan debitorlik qarzlarining paydo bo'lishining eng keng tarqalgan sababi vijdonsiz sheriklardir.
Aktiv schyotlarda oxirgi qoldiq qanday topiladi ? Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kiri- mini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.D" + Aktiv K - D - Passiv K +
Yuqorida ko‘rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlarning ham debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko‘payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan boshlanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba’zi bir yig‘ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq ham, oxirgi qoldiq ham bo‘lmaydi. Chunki ular oy boshiga ochilib, oy oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi:
DT oq. = DT bq. + DT ob. - K ob
bunda, DT oq. — debet oxirgi qoldiq;
DT bq. — debet boshlang‘ich qoldiq;
DT ob. — debet oborot;
K ob. — kredit oborot.
Passiv schyotlarda oy oxiri qoldiq qanday topiladi ? Passiv schyotlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi.
Xo'jalik jarayonlari nima ? Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Balansda necha xil o’zgarish bor ? 4ta
Xo‘jalik muomalasi ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan birinchi o‘zgarishni ko'rasting ? O‘zgarish faqat balansning aktivida yuz beradi, ya’ni bir aktiv ko‘payadi, ikkinchisi esa kamayadi. Pirovardida eski balans o‘zgarishsiz qoladi 1.Kassadagi pul bankga topshirildi 2.Asosiy vosita xo‘jalik nventariga o‘tqazildi 3.Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot olindi Korxonaning xo`jalik mablag`lari va manbalari xo`jalik jarayonida doimo harakatda bo`ladi. Sodir bo`layotgan jarayonlarning har birini o`z vaqtida hisobga olib borish