Buxgalteriya hisobiga kirish



Yüklə 272,01 Kb.
səhifə3/12
tarix28.03.2022
ölçüsü272,01 Kb.
#54318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5258018947969586705

Pul o'lchov birligi xo'jalik jarayonlari va vositalarini yagona o'lchovda (pulda) umumlashtirishda qo'llaniladi, ya'ni barcha mablag'lar qiymat o'lchov birligida ifodalaniladi.

  1. Natural o'lchov birliklariga qanday o’lchov birliklari kiradi ? Natura o'lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik hisobida keng qo'llaniladi. Bu o'lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak bo'ladi. Masalan, bolalar oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama metri va hokazo (metr, kg, dona, juft, litr va h.k).




  1. Mehnat o'lchov birliklariga qaysi o’lchov birliklari kiradi ? Mehnat o'lchov birligi esa biror bir statistik yoki xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo'lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va hokazolarni aniqlashda qo'llaniladi. Savdo korxonasida esa ma'lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kerak bo'ladi. Mehnat o'lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Mehnat o'lchov birliklari natura o'lchov birliklari bilan birgalikda mehnat unumdorligini bildiradi.




  1. Pul o'lchov birliklariga qaysi o’lchov birliklari kiradi ? Pul o'lchov birligi xo'jalik jarayonlari va vositalarini yagona o'lchovda (pulda) umumlashtirishda qo'llaniladi, ya'ni barcha mablag'lar qiymat o'lchov birligida ifodalaniladi.




Buxgalteriya hisobning usullari qaysilar kiradi ? Baholash va kalkulatsiya, hujjatlashtirish hamda inventarizatsiya, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, balans va hisobot. HujHujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi.

HujHujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik operatsiyalari haqida mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya qilingan holda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag’ishlaydi.

Lekin xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish va topshirshp paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o’g’riliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og’ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo’layottanda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo’shimchalar, ya’ni qayta ro’yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko’rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.

Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining obyektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. HujHujjatlashtirish va ro’yxatga olishning ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.

kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymatli o’lchash uchun xizmat qiladi. Ularning qo’llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o’rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Хarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo’li bilan erishiladi.

Buxgalteriya hisobining obyektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo’yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag’lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag’larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo’yicha tashkil qilish kerak bo’ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag’lari ularning joylashgan joylari bo’yicha hisob-kitob, valuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko’pincha yetarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to’g’risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. Shunga o’xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag’lar manbalari va xo’jalik jarayonlari bo’yicha ham amalga oshiriladi.



Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo’jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o’zaro bog’langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’larining sarflanishi ko’rsatkichlari o’zaro bog’lanadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o’zaro bog’liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko’rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishga yordam beradi.






  1. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar kimlar ? Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilari har xil sabablarga ko'ra kompaniyaning moliyaviy ma'lumotlaridan foydalanishi kerak bo'lgan odamlar yoki tashkilotlardir. Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilarini ikkita katta guruhga bo'lish mumkin: boshqaruvchi buxgalteriya deb ataladigan ichki foydalanuvchilar; moliyaviy buxgalteriya bilan bog'liq tashqi foydalanuvchilar. Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bo‘lish mumkin. 1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqori boshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlari va mutaxassislari. 2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan egri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, banklar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlovchilar, boshqa kreditorlar. 3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri foydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqarmasi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.




  1. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi nimadan iborat ? BUXGALTERIYA HISOBINING MAQSADI VA VAZIFALARI

    O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga aylanadi.

    Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomaladamajburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javobgarlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari buxgalteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarish tizimini ko‘zda tutadi. Birinchi daraja – qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya


Yüklə 272,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin