8- modda. Sintetik va analitik hisob: Qonunni tarkibiy jixatdan takomillashtirish hamda sintetik va analitik hisob tushunchalari barcha xo’jalik yurituvchi subhektlar va davlat organlari tomonidan bir xilda talqin qilinishini tahminlash maqsadida, sintetik va analitik hisob alohida modda sifatida ajratildi.
9- modda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish: Byudjet kodeksi talablari hamda byudjet tizimining byudjetlari ijrosi hususiyatidan kelib chiqib, ushbu moddaning mazkur qismi aniqlashtirildi va unga quyidagi mazmundagi yangi qism kiritildi: “Byudjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish byudjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.”
Mahlumki, O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida"gi Qonunning 51-moddasida Markaziy bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo’lgan qoidalarni hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo’lgan qoidalarni o’rnatish bo’yicha vakolati belgilangan.
SHu bois, mazkur moddaning banklarga taaluqli qismi quyidagi yangi tahrirda berildi: Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10- modda. Buxgalteriya hisobi standartlari: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida ehlon qilinishi belgilanganligi munosabati bilan ham milliy ham xalqaro standartlarni qamrab oluvchi “buxgalteriya hisobining standartlari” tushunchasini qonunda belgilash maqsadida yangi modda bilan to’ldirildi.