Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari



Yüklə 454,75 Kb.
səhifə1/5
tarix05.08.2023
ölçüsü454,75 Kb.
#138727
  1   2   3   4   5
BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY TAMOYILLARI


BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY TAMOYILLARI
Reja:
1,Buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va funksiyalari
2.Buxgalteriya hisobini tamoyillari
Amaliy mashg’ulot uchun uslubiy ko’rsatmalar:
1. Mavzu bo’yicha qisqacha nazariy materiallar va tavsiya qilingan adabiyotlar bilan chiqish;
2.Mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash uchun quyida keltirilgan nazorat savollari va test topshiriqlarinin bajarish;

Mavzu bo’yicha qisqacha nazariy materiallar
Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy fanlardan biri bulib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi.
Korxonalar, muassasalarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi «O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asoslanib olib boriladi.
Hozirgi kunda buhgalteriya hisobi 3 ta yonalishda o’rganiladi:

  1. Moliyaviy hisob

  2. Boshqaruv hisobi

  3. Soliq hisobi

Buxgalteriya hisobi asosan qo‘yidagi funkitsiyalarni bajaradi:
a) xalq xo‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
v) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini mahsus hujjatlarda qayd etish;
g) mahsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
Ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarda yuritilayotgan hisob siyosati o‘ziga xos prinsiplarga amal qilmog‘i kerak. BXMSning birinchi sonida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning prinsiplari sifatida qo‘yidagilar keltirilgan:

  • ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish.

  • uzluksizlik.

  • xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlarni baholash.

  • ishonchlilik.

  • extiyotkorlik.

  • mazmunning shakldan ustunligi.

  • ko‘rsatkichlarning kiesiyligi.

  • moliyaviy hisobotning betarafligi.

  • aktivlar va majburiyatlarning xaqikiy bahosi.

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi.

  • tushunarlilik.

  • ahamiyatlilik.

  • muhimlik.

  • xaqqoniy holis taqdim etish.

  • tugatilganlik.

  • izchillik.

  • o‘z vaqidalik.

  • offsetting (moddalarning o‘zaro qoplanishi).

  • xolislik.


Yüklə 454,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin