Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari-fayllar.org
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqori boshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlari va mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan egri foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, banklar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlovchilar, boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri foydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqarmasi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.
BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY VAZIFALARI
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:
- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni
tuzish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni umumlashtirish;
- moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.
Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi quyidagicha bo‘linadi:
- rejali;
- nazoratli;
- ma’lumotli;
- tahliliy (baho);
- hisobli.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalari buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi. Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlarining buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy tamoyillariga mos kelishi lozim:
- haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsatish;
- tugallanganlik;
- izchillik;
- o‘z vaqtida;
- obyektivlik.
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI
Buxgalteriya hisobining predmeti umumlashgan holdagi aniq buxgalteriya obyektlaridan tashkil topgan (yig‘ilgan) tashkilot faoliyatidir. Unga:
- korxonaning mulki (asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar, natural va pul ko‘rinishidagi KTB (kam baholi va tez eskiruvchan buyumlar va pul mablag‘lari);