Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari-fayllar.org
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli. Kalkulyatsiyalash – yagona mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ish va xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish uchun sarflangan xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti tannarxini hisoblash usuli.
Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy belgilari (21-sonli BHMS) bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asoslanadi. Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish (17-sonli BHMS) deganda xo‘jalikni yuritayotgan subyekt buxgalteriya operatsiyalari qayd qilishini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida olib borish tushuniladi.
Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi bo‘yicha rasmiylashtirish usuli. Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha moliyaviy ahvolini, mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joylashtirish omillarini tasniflovchi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri. Offsetting (moddalarning o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) –boshqa BHMS larda ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda aktiv va passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning bo‘lmasligi.
Moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi ma’lumotlar asosi-
da tuziladi. Uning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy
ahvolini, faoliyatini va undagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishdir.