Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari



Yüklə 118 Kb.
səhifə2/3
tarix31.01.2023
ölçüsü118 Kb.
#81888
1   2   3
buxxxg

- zayomlar va kredit pul resurslari hisobiga;
- ustav fondini ko‘paytirish uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida dividendlar hisobidan ajratilgan pul;
- maqsadli moliyalashtirish;
- boshqa majburiyatlar.
Shunday qilib, korxona mulkining shakllanish omillari o‘zining xususiy mablag‘lari hamda kreditorlar tomonidan olingan majburiyatlar bo‘ladi.

2-rasm


Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini olgan buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha:
1-hujjatlashtirish;
2- inventarizatsiya;
3-baholash;
4- mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
5- schyotlar tizimi;
6- ikkiyoqlama yozuv;
7- balans;
8-moliyaviy hisobot;
9-offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch beruvchi amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalaridir. Dastlabki hujjatlashtirish buxgalteriya hisobini korxonaning xo‘jalik faoliyatini yaxlit va uzluksiz aks ettirishini ta’minlaydi. Hisobga faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, aynan texnik standartlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilishi belgilab qo‘yilgan hamma rekvizitlar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy boyliklarni, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni korxonadagi haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi elementlaridan biri. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tasdiqlash yoki hisobga olinmagan boyliklarni, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar, talon-tarojliklar va kamomadlarni tasdiqlaydi.
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli. Kalkulyatsiyalash – yagona mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ish va xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish uchun sarflangan xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti tannarxini hisoblash usuli.
Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy belgilari (21-sonli BHMS) bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asoslanadi. Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish (17-sonli BHMS) deganda xo‘jalikni yuritayotgan subyekt buxgalteriya operatsiyalari qayd qilishini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida olib borish tushuniladi.
Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi bo‘yicha rasmiylashtirish usuli. Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha moliyaviy ahvolini, mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joylashtirish omillarini tasniflovchi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri. Offsetting (moddalarning o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) –boshqa BHMS larda ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda aktiv va passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning bo‘lmasligi.
Moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi ma’lumotlar asosida tuziladi. Uning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvolini, faoliyatini va undagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishdir.
Ko‘rsatib o‘tilgan buxgalteriya hisobining har bir elementi qonunchilik tartibida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ko‘rsatmalariga mosdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
I. Q'zbekiston RespubIikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi
Qonuni, 1996-yiI 30-avgust.
2. Q'zbekiston RespubIikasining «AuditorIik faoliyati to'g'risida»gi
Qonuni. «Q'zbekiston ovozi» gazetasi 2000-yiI 3-iyun.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin