Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Sotib olingan xususiy aksiyalarni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə75/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
21-bhms ilova lotin

4-§. Sotib olingan xususiy aksiyalarni
hisobga oluvchi schyotlar (8600)

356. Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”;
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli”.

357. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar 8300 “Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”ga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida ko‘rsatiladi.


Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlarining debetida haqiqiy sotib olish bahosida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotilganda o‘rtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotiga kreditlanadi. Agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa, o‘rtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar” schyotining debet tomonida ko‘rsatiladi.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar o‘rtasidagi farq 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda farq 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.

358. Boshqa korxonalar (mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar) sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)dan korxona tomonidan o‘rnatilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga olish uchun foydalanadi.


359. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (8600)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin