Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə77/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Hisobot davrida aniqlangan yakuniy moliyaviy natija taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) schyotiga o‘tkazildi:
foyda summasi;
zarar summasi.



9910
8710

8710
9910

2

Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi dividend to‘lashga yo‘naltirildi



8710

6610

3

Taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yo‘naltirildi



8710

8520

4

Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi qoldig‘i jamg‘arilgan foydaga o‘tkazildi:
foyda;
zarar.



8710
8720

8720
8710

6-§. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)

363. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8810 “Grantlar”;
8820 “Subsidiyalar”;
8830 “A’zolik badallari”;
8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari”
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”.

364. Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:


a) mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi;
b) mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi;
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.

365. Grant deganda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun hukumat, nodavlat, xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatiladigan tekin, gumanitar yoki moddiy-texnik mablag‘lar tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.


366. Ajratilgan grant to‘g‘risida xabarnoma olinganda ushbu grant summasi 8810 “Grantlar” schyotining kreditida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Grant summasidan moliyalashtiriladigan va byudjetda ko‘zda tutilgan pul mablag‘lari yoki mulkning qabul qilinishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5110 - 5530), kapital qo‘yilma (0800), o‘rnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
CHet el valyutasida olingan grant summasi xo‘jalik muomalalari amalga oshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutaga o‘tkaziladi.

367. 8820 “Subsidiyalar” schyoti ajratilgan subsidiyalar, ya’ni, iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan shartlar uchun korxonalarga davlat tomonidan pul yoki natura ko‘rinishida ko‘rsatilgan yordam summasi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Davlat (hukumat) tomonidan berilgan yordam turli ko‘rinishda (qo‘shimcha berish, subvensiya va boshqalar) bo‘lishi va har xil shartlarga muvofiq berilishi mumkin.


Davlat subsidiyalarining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 19 oktyabrda 52-son bilan tasdiqlangan (10-sonli BHMS) “Davlat subsidiyalarini hisobga olish va davlat yordamini ochish” Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (ro‘yxat raqami 562, 1998 yil 3 dekabr) (“O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar ma’lumotnomasi”, 1999 y., 6-son) muvofiq amalga oshiriladi.

368. 8830 “A’zolik badallari” schyotida jamiyat a’zolarining ta’sis hujjatlarida belgilangan a’zolik badallari aks ettiriladi.


A’zolik badallarining kelib tushishi 8830 “A’zolik badallari” schyotining kredit tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

369. 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyotida maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliq to‘lashdan ozod qilingan summalar aks ettiriladi.


Soliq to‘lashdan ozod qilingan summalar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonida 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.
8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida bo‘shaganmablag‘larni ishlatilishi YUridik shaxslarga soliqlar, byudjetga to‘lanadigan bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizomga (ro‘yxat raqami 1463, 2005 yil 2 aprel) muvofiq amalga oshiriladi.

370. 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining kreditida boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan tushumlar pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha alohida yuritiladi.

371. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin