Kelgusi xarajatlar va to‘lovlarning rezervlari tashkil qilindi
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
8910
2
Korxonaning ishlab chiqarish sexlari va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan asosiy vositalarni ta’mirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati hisobga olindi
8910
2010, 2310,
2510, 2710
3
Hisoblangan kelgusi xarajatlar zaxiralarining foydalanilmay qolgan summasi korxona daromadiga qo‘shildi
8910
9390
BESHINCHI QISM. MOLIYAVIY NATIJALARNING SHAKLLANISHI VA ISHLATILISHI Hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
IX BO‘LIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR
Muqaddima
1-§. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlar (9000)
2-§. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)
3-§. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning
chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200)
4-§. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlar (9300)
5-§. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400)
6-§. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)
7-§. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlar (9600)
8-§. Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700)
9-§. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning
ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)
10-§. YAkuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar (9900)
374. Ushbu bo‘limning schyotlari hisobot davridagi korxona faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999 y. 2-son, 9-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
375. Ushbu bo‘limda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
9000 - Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9100 - Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar;
9200 - Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar;
9300 - Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9400 - Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 - Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 - Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
9700 - Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar;
9800 - Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
9900 - YAkuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz va boshqa to‘lovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.