Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə71/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)

340. Korxona ustav kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8310 “Oddiy aksiyalar”;
8320 “Imtiyozli aksiyalar”;
8330 “Pay va ulushlar”.

341. Ustav kapitali - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo‘ygan mablag‘lari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig‘indisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni korxona tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan tartibga solinadi.


Ustav kapitali ro‘yxatdan o‘tkazilgan hajmda yoki to‘langan aksiyalarning nominal qiymati yig‘indisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Korxona ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori asosida va ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlarga korxona ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi ustav kapitali miqdorini kamaytirmaydi va bu muomala aynan aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari kabi 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlarining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.

342. 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti oddiy aksiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya prospektida ro‘yxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari” schyotining debetida aks ettiriladi. Korxonaning aksiyadorlik kapitali hisobda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har qaysi emissiyasi bo‘yicha alohida analitik hisob yuritish talab etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z ustav kapitalini muomalaga qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan oshirishi mumkin. Aksidorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi, korxonalar tomonidan aksiyalarning bir qismi aksiya egalaridan sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Aksiyalar likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalab yuborish, ya’ni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini ko‘paytirish usuli qo‘llaniladi. Aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir ko‘rsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini ko‘paytirishi sababli ushbu muomalalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi. Ushbu muomalalarni 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.

343. 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyoti imtiyozli aksiya ko‘rinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlarida nominal qiymatlari bo‘yicha hisobga olinadi.
8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob korxonaning ta’sischilari va kapitalning shakllanish bosqichi bo‘yicha ma’lumotlarning shakllanishini ta’minlashi shart.

344. 8330 “Pay va ulushlar” schyoti korxonaning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini o‘zida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablag‘lardan tashkil qilingan ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantiradi.
Korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” schyotining krediti hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari” schyotining debeti tomonida aks ettiriladi.
8330 “Pay va ulushlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxonaning har bir ta’sischisi bo‘yicha alohida yuritiladi.

345. Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin