Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə68/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Uzoq muddatli bo‘naklar olindi



5010-5530

7310

2

Uzoq muddatli bo‘naklar summasi joriy qismga o‘tkazildi



7310

6310

3

Ilgari olingan uzoq muddatli bo‘naklar qaytarildi



7310

5010-5530

4

Ilgari olingan bo‘naklar bank kreditlari va boshqa korxonalarning qarzi hisobiga qaytarildi



7310

6110-6190, 7110-7190

5-§. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni
hisobga oluvchi schyotlar (7800)

328. Korxonaning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so‘mda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”;
7820 “Uzoq muddatli qarzlar”;
7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar”;
7840 “To‘lanadigan veksellar”.

329. Olingan uzoq muddatli bank kreditlari summasi 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.


Uzoq muddatli bank kreditini joriy qismga o‘tkazishda, tegishli summaga 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyoti debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” schyoti kreditlanadi bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlang‘ich qiymati kamaytiriladi.
Uzoq muddatli kreditlarning analitik hisobi ularga berilgan kreditlarning turlari va muddatlari, banklar bo‘yicha alohida yuritiladi.

330. 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotida korxonaning O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) 12 oydan uzoq muddatga olgan qarzlari hisobga olinadi.


Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) kelib tushgan mablag‘lar pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli qarzlar joriy qismga o‘tkazilganda 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti debetlanadi va to‘lanadigan summa uzoq muddatli qarzlarning boshlang‘ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” schyotining kredit tomonida ko‘rsatiladi.
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir qarz beruvchi va qarzlarni to‘lash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.

331. 7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” schyotida to‘lov muddati 12 oydan ko‘p bo‘lgan obligatsiyalarni sotish hisobiga korxonaga jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinadi. Agar mablag‘larni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yo‘li bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq 7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida hisobga olinadi.


Uzoq muddatli to‘lanadigan obligitsiyalar joriy qismga o‘tkazilganda 7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” schyoti debetlanadi va to‘lanadigan summa uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalarning boshlang‘ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” schyotining kredit tomonida ko‘rsatiladi.
7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va to‘lash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.

332. 7840 “To‘lanadigan veksellar” schyotida qarz beruvchilarga 12 oydan ortiq muddatda qaytarish uchun berilgan veksellar hisobga olinadi.


Berilgan veksellar korxonada 7840 “To‘lanadigan veksellar” schyotining kreditida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli to‘lanadigan veksellar joriy qismga o‘tkazilganda 7840 “To‘lanadigan veksellar” schyoti debetlanadi va to‘lanadigan summa uzoq muddatli to‘lanadigan veksellarning boshlang‘ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” schyotining kredit tomonida ko‘rsatiladi.
7840 “To‘lanadigan veksellar” schyoti bo‘yicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel bo‘yicha alohida yuritiladi.

333. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7800)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin