Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Uzoq muddatli kechiktirilgan



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə66/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
21-bhms ilova lotin

3-§. Uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (7200)

318. Korxonaning uzoq muddatga kechiktirilgan majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”;
7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar”;
7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”.

319. 7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskonti (chegirmasi) bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotib oluvchilarda qo‘llaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va to‘langan summa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kredit tomonida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalar bo‘yicha diskont (chegirma)lar joriy qismga o‘tkazilganda 7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.


7210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.

320. 7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning mukofoti (ustamasi) bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qo‘llaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti va 7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” schyoti pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda kreditlanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha mukofot (ustama)lar joriy qismga o‘tkazilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditlanadi.


7220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.

321. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablag‘larini olish va tovarlarni etkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari orasidagi farq bilan bog‘liq korxona majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining kreditida kelgusi davrga tegishli bo‘lgan daromadlar summasi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, debetida esa tegishli davr kelganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga o‘tkazilgan daromadlar joriy qismining summasi aks ettiriladi.


7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir daromad turi bo‘yicha alohida yuritiladi.

322. 7240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida qonunchilikka muvofiq tegishli hukumat idoralarining qarori bo‘yicha bir necha yilga kechiktirib to‘lashga ruxsat etilgan soliq bo‘yicha byudjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar va majburiy to‘lovlar aks ettiriladi. 7240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan to‘lovlar summasi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (6400), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (6500) hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.


7240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va to‘lovlar turi bo‘yicha va qoplanish muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.

323. 7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiriladi.


Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar hisob daromadidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, to‘lanadigan foyda solig‘i esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob daromad va soliq solinadigan daromadni aniqlashdagi yondashuvlardagi farq moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. Korxonaning hisob siyosatiga muvofiq hisob ma’lumotlari bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar korxona tomonidan daromadni olish da’vomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va korxonaning Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida (2-shakl) aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib hisoblangan foyda solig‘i va soliqqa tortiladigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan to‘lanadigan foyda solig‘i o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida yuritiladi va 7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotining debetidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” schyotining kreditiga o‘tkaziladi.

324. 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida 6210 - 6250 schyotlarida ko‘rsatilmagan korxonaning boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.


325. Uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (7200)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin