Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə63/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan uzoq muddatli schyotlar (7000)

309. Korxonaning mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek yuk tashish bo‘yicha olingan xizmatlar uchun vujudga kelgan uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”;
7020 “Berilgan veksellar”.

310. 7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyotining kreditida haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymati ushbu qiymatliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda ko‘rsatiladi.


7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bo‘yicha alohida yuritiladi.

311. 7020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan ta’minlangan uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi va ular qoplanish davrigacha hisobda turadi.


7020 “Berilgan veksellar” schyoti bo‘yicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi.

312. Mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga o‘tkazilganda 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6020 “Berilgan veksellar” schyotlari kreditlanib, 7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 7020 “Berilgan veksellar” schyotlari debetlanadi.


313. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan uzoq muddatli schyotlar (7000)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin