T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Aksiyadorlarga (ta’sischilarga) dividendlar hisoblandi
|
8710, 8720
|
6610
|
2
|
Dividend to‘lash manbaida daromad solig‘i hisoblandi
|
6610
|
6410
|
3
|
Hisoblangan dividendlar to‘landi
|
6610
|
5010-5530
|
4
|
CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar hisoblandi
|
8330, 8610, 8620
|
6620
|
5
|
CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar to‘landi
|
6620
|
5010-5530
|
6
|
Ta’sischilardan ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgangacha kiritilgan ulushlar kirimi
|
Aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar
|
6630
|
7
|
Kelib tushgan ulushlar ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘zaro hisobga olindi
|
6630
|
4610
|
8-§. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)
285. Korxona ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”;
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
286. 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
287. Har yilgi va qo‘shimcha ta’til bo‘yicha summalarni hisoblashda ushbu summalar mehnat haqi jamg‘armasiga joriy oyga to‘g‘ri keladigan ta’til kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Ta’tilning bir qismi keyingi oyga o‘tgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga to‘langan summalar joriy oyda berilgan bo‘nak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar” schyotining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotining kreditida ko‘rsatiladi.
288. 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotida xodimlarning olinmagan ish haqi bo‘yicha qarzlari aks ettiriladi.
6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlari bo‘yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.
289. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |