T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi hisobga olindi
|
0600, 5800
|
6210, 5110-5530
|
2
|
Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarildi
|
6210
|
9530
|
3
|
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga o‘tkazildi
|
7210
|
6210
|
4
|
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi hisobga olindi
|
5110-5530
|
6220
|
5
|
Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi
|
6220
|
9530
|
6
|
Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga o‘tkazildi
|
7220
|
6220
|
7
|
Kelgusida jo‘natiladigan TMZ, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablag‘lari kelib tushdi
|
5110-5530
|
6230
|
8
|
Kechiktirilgan daromadlarning tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko‘rsatilishi bilan daromadga qo‘shilishi
|
6230
|
9010, 9020, 9030
|
9
|
Ijara bo‘yicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qo‘shildi
|
6230
|
9350, 9550
|
10.
|
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida byudjetga to‘lash uchun hisobdan chiqarildi
|
7240
|
6240
|
11
|
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga o‘tkazildi
|
7250
|
6250
|
4-§. Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)
269. Buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi TMQni etkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek aksiyaga obunachilardan olingan bo‘naklar bo‘yicha joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar”;
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan bo‘naklar”;
6390 “Boshqa olingan bo‘naklar”.
270. Korxona xaridor va buyurtmachilarga mahsulot va tovarlarni etkazib berish, shuningdek ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun ulardan bo‘nak to‘lovini (oldindan to‘lashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda bo‘nak TMQlarni etkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaning bajarilishi hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi to‘lovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday bo‘naklar pul mablag‘ini olgan korxona uchun mahsulot va tovarlarni etkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish amalga oshirilishiga qadar majburiyat bo‘lib hisoblanadi. Olingan bo‘naklarga quyidagilar misol bo‘ladi: korxona tomonidan gaz, suv, yoritish va boshqa maishiy xizmatlar, shuningdek TMQ va boshqalarni etkazib berish uchun oldindan olingan to‘lovlar.
Olingan bo‘nak summalari, shuningdek qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan to‘lovlar summasi olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning krediti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, shuningdek xaridorlarga mahsulot yuklab jo‘natilganda, olingan bo‘naklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi va olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning debeti va olinadigan schyotlar (4000) kreditiga olib boriladi.
Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300) bo‘yicha analitik hisob har bir olingan bo‘naklar turi bo‘yicha alohida yuritiladi.
271. Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |