Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Mol etkazib beruvchilar va



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə51/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar (6000)

252. Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek tashish bo‘yicha olingan xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”;
6020 “Berilgan veksellar”.

253. Pudratchi qurilish va montaj, ilmiy-tadqiqot va shu kabi korxonalar bosh pudratchi (bosh korxona) hisoblansa, o‘z subpudratchilariga bo‘lgan majburiyatlarini ham ushbu schyotda aks ettiradi.


254. 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda kreditlanadi.


Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyoti bilan bog‘langan holda tegishli summaga kreditlanadi.
6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir mol etkazib beruvchi va pudratchi bo‘yicha alohida yuritiladi.

255. 6020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan ta’minlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar bo‘yicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.


6020 “Berilgan veksellar” schyoti bo‘yicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi.

256. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar (6000)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin