T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Qimmatli qog‘ozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yo‘li bilan xarid qilindi
|
5810
|
9010-9030
|
2
|
Qimmatli qog‘ozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yo‘li bilan xarid qilindi
|
5810
|
9210, 9220
|
3
|
Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy o‘zgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi
|
5810
|
0610
|
4
|
Qimmatli qog‘ozlar naqd pulga xarid qilindi
|
5810
|
5010
|
5
|
Qimmatli qog‘ozlar qiymati bankdagi schyotdan to‘lanishi orqali xarid qilindi
|
5810
|
5110-5530
|
6
|
Xaridorlarga ssuda mablag‘larining vekselda berilishi
|
5810
|
5110-5530
|
7
|
Aksiyalarning to‘lov sifatida qimmatli qog‘ozlarning kelib tushishi
|
5810
|
4610
|
8
|
Qimmatli qog‘ozlarning sotilishi
|
5110
|
5810
|
9
|
Korxonaning qarzi qimmatli qog‘ozlar bilan qoplanishi
|
6990
|
5810
|
10
|
Majburiyatlar uchun garov sifatida aksiyalarning berilishi
|
6010
|
5810
|
11
|
Xaridorga veksel summasiga da’vo bildirilishi
|
4860
|
5810
|
12
|
Da’vo muddati tugaganligi tufayli veksel bo‘yicha qarzni zarar hisobiga chiqarish
|
9690
|
5810
|
13
|
Inventarizatsiya natijasida qimmatli qog‘ozlarning kamomadi
|
4730
|
5810
|
14
|
Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar ko‘rinishida berilishi
|
5830
|
9210, 9220
|
15
|
Qisqa muddatli qarzlarning tayyor mahsulot, tovar, ish, xizmatlar ko‘rinishida berilishi
|
5830
|
9010-9030
|
16
|
Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi
|
5110
|
5830
|
8-§. Kamomadlar va qiymatliklarning
buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy
aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
244. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizatsiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-taroj va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotish summalari, shuningdek ushbu bo‘limning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”;
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
245. Tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va buzilishi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining debeti va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
246. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining kreditida quyidagi:
a) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotish me’yorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda - 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotlarining debeti;
b) qiymatliklarning tabiiy yo‘qotish me’yorlaridan ortiq buzilishi va o‘g‘irlanishidan yo‘qotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va da’vo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning e’tirozi - 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
247. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining debetida ushbu bo‘limning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinishi mo‘ljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
248. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |