Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə45/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ijarachidan ijara to‘lovlarining kelib tushishi



5210, 5220

4810, 4820

2

Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan valyutaning kelib tushishi



5210, 5220

4010

3

Kassadan valyuta mablag‘larining valyuta schyotiga topshirilishi



5210, 5220

5020

4

Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta schyotiga o‘tkazilishi



5210, 5220

5510-5520

5

Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi



5210, 5220

5830

6

Ilgari berilgan bo‘naklarning qaytarilishi



5210, 5220

4310-4330

7

Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi



5210, 5220

4860

8

Olingan bo‘naklar summasi



5210, 5220

6300, 7310

9

Ilgari aksiyalarga obuna bo‘lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi



5210, 5220

4610

10

Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi



5210, 5220

8410

11

Investitsiyaga mablag‘larning qo‘yilishi



0600, 5800

5210, 5220

12

Bankdan kassaga valyuta mablag‘larining kelib tushishi



5020

5210, 5220

13

Xususiy aksiyalarning sotib olinishi



8610, 8620

5210, 5220

14

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning to‘lanishi



6010

5210, 5220

15

Berilgan bo‘naklarning summasi



4310-4330

5210, 5220

16

Ilgari olingan bo‘naklarning qaytarilishi



6300, 7310

5210, 5220

17

Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to‘lanishi



6610

5210, 5220

18

Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlar qoplandi



6920

5210, 5220

19

Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi



6810-6840

5210, 5220

20

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi



6950

5210, 5220

21

Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi



6910, 6950

5210, 5220

4-§. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul
mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5500)

229. O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risida, shuningdek maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablag‘larining alohida saqlanadigan qismining harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


5510 “Akkreditivlar”;
5520 “CHek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus schyotlar”.

230. 5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablag‘lari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablag‘larini o‘tkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “CHet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.


5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha akkreditivga hisobga olingan pul mablag‘lari ularning ishlatilishi bo‘yicha (bank ko‘chirmalariga asosan), 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘lar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 “Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “CHet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxona tomonidan qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha alohida yuritiladi.

231. 5520 “CHek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablag‘larining harakati hisobga olinadi. CHek daftarchalarini berishda pul mablag‘larini deponentlash 5520 “CHek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “CHet eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Korxona tomonidan berilgan cheklarning to‘lovi doirasidagi summa 5520 “CHek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi. CHek bilan berilgan, lekin bank tomonidan to‘lanmagan (to‘lovga taqdim etilmagan) summa 5520 “CHek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 “CHek daftarchalari” schyotining qoldig‘i bank ko‘chirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “CHek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “CHet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “CHek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari bo‘yicha yuritiladi.

232. 5530 “Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan, ijtimoiy muassasalar, ob’ektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.


Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

233. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5500)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin