1-§. Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5000)
2-§. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar (5100)
3-§. CHet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga
oluvchi schyotlar (5200)
4-§. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar (5500)
5-§. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)
6-§. Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)larini hisobga
oluvchi schyotlar (5700)
7-§. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)
8-§. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar
va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
218. Ushbu bo‘limning schyotlari korxonaga tegishli bo‘lgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schyotlardagi pul mablag‘lari, pul ekvivalentlari, qimmatli qog‘ozlarga qilingan qisqa muddatli qo‘yilmalar, shuningdek kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
219. Ushbu bo‘limdagi schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada - so‘mda, chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi. Pul mablag‘lari qoldig‘ini hisobot oyining oxirgi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha har oydagi qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (ijobiy kurs farqi) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
220. Ushbu bo‘limda quyidagi schyotlardagi hisob tartibi yoritiladi:
5000 - Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
5100 - Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
5200 - CHet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
5500 - Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
5600 - Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5700 - Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar;
5800 - Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
5900 - Kamomadlar va qiymatliklarning buzulishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar.