T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Ishtirokchilar ulushlari summasida (aksiyaga obuna summasida) ustav kapitalining e’lon qilingan hajmi (korxona ro‘yxatdan o‘tganidan keyin)
|
4610
|
8310, 8320, 8330
|
2
|
Ta’sischilar korxona mulkiga tugallanmagan qurilish, asbob-uskuna, asosiy vositalarni taqdim etishdi
|
0110-0190, 0710-0720, 0810
|
4610
|
3
|
Ta’sischilar aksiyalarga obuna to‘lovi sifatida nomoddiy aktivlarni taqdim etishdi
|
0410-0490
|
4610
|
4
|
Ta’sischilar aksiyalarga obuna to‘lovi sifatida uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni taqdim etishdi
|
0610, 5810
|
4610
|
5
|
Ta’sischilar korxona mulkiga tovar-moddiy zaxiralarni taqdim etishdi
|
1010-2990
|
4610
|
6
|
Ta’sischilarning ulushlari summasi pul mablag‘lari ko‘rinishida kelib tushdi
|
5010-5530
|
4610
|
7
|
Korxonaning ustav kapitaliga ulushlari ta’sischilarning mehnat haqidan ushlab qolindi
|
6710
|
4610
|
8-§. Xodimlarning boshqa operatsiyalar
bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)
199. Korxona xodimlari bilan mehnat haqi bo‘yicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
200. 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan korxonalar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari to‘langanda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bog‘langan holda debetlanadi. Korxona xodimlaridan navbatdagi to‘lovlarni ushlab qolishda 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishilar” schyoti 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti bilan bog‘langan holda debetlanadi, so‘ng esa ushlab qolingan summa bank kreditini to‘lash uchun 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyotining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” schyotlarining debetiga o‘tkaziladi.
O‘zining xodimlari tomonidan kreditga sotib olgan tovarlar bo‘yicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan korxonalar, ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan ularning mehnat haqi summasidan navbatdagi to‘lovlar ushlab qolinganda 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) bilan bog‘langan holda (savdo korxonalarining litsevoy schyotlari bo‘yicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo korxonalariga o‘tkazib berilishiga qarab, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda debetlanadi.
201. 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotida korxona xodimlariga berilgan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablag‘larni oldindan korxonaning hisob-kitob schyotiga o‘tkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bog‘langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan to‘lovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti (qabul qilingan to‘lovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” schyotlarining debetida va bankka tegishli bo‘lgan summa o‘tkazilgan pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
202. 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotida korxona xodimi tomonidan pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar, shuningdek boshqa turdagi zararlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotining kreditida, to‘langan to‘lovlar summasiga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti bilan bog‘langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
203. 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotida 4710 - 4730 schyotlarida aks ettirilmagan korxona xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) bo‘yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha yuritiladi.
204. Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |