T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun naqd pulda bo‘naklar berildi
|
4310
|
5010
|
2
|
Bankdagi schyotlardan bo‘naklar o‘tkazildi
|
4310-4330
|
5110-5530
|
3
|
Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan bo‘naklar o‘tkazildi
|
4310-4330
|
6810-6820, 7810-7820
|
4
|
Kontraktning bekor qilinishi natijasida avval berilgan bo‘naklar qaytarildi
|
5010-5530
|
4310-4330
|
5
|
Mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga bo‘lgan qarzlarni qoplashda avval berilgan bo‘naklarning hisobga olinishi
|
6010, 7010
|
4310-4330
|
6
|
Mol etkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklarning da’vo muddati o‘tganlari hisobdan chiqarildi
|
9430
|
4310-4330
|
7
|
Berilgan bo‘nakning tegishli summasi uzoq muddatli qismidan joriy qismga o‘tkazildi
|
4310-4330
|
0940
|
5-§. Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini
hisobga oluvchi schyotlar (4400)
189. Korxona tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotida amalga oshiriladi.
190. 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotida bo‘nak sifatida to‘langan soliq summalari, shu jumladan, xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarida ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinadi. Soliqlar summasini hisobdan chiqarish 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” schyotining kreditida 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Byudjetga bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilganda byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning debeti va pul mablag‘larni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotining debeti va byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
191. Byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |