Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə33/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Tovar, ish va xizmatlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi



4010

9010-9030

2

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi



4010

9210, 9220

3

Xaridorlar va buyurtmachilardan to‘lovlar kelib tushdi



5010-5530

4010

4

Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun da’vo bildirildi



4860

4010

5

Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan bo‘naklarning hisobga olinishi



6310

4010

6

Xaridorlar va buyurtmachilarning to‘lanmagan qarzlarining zararga hisobdan chiqarilishi



9430

4010

7

Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilishi



4910

4010

8

Olingan veksellar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi



5010-5530

4020

9

Olingan veksellarning uzoq muddatli qismdan joriy qismga o‘tkazilishi



4020

0910

2-§. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram
xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni
hisobga oluvchi schyotlar (4100)

175. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar";
4120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar".

176. 4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar" schyotida korxonaning umumiy balansiga (ichki xo‘jalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qo‘shiladigan ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu schyotda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni o‘zaro hamkorlikda chiqarish, bo‘linmalarning xodimlariga ish haqi to‘lash va boshqa joriy operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.


Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar bo‘lib ta’sis shartnomasi, chora-tadbirlar shartnomasi, ta’sischilarning ushbu bo‘linmalarni tashkil qilish to‘g‘risidagi qarori, ta’sischilarning mulkni berish to‘g‘risidagi qarori va boshqalar hisoblanadi.
Ko‘rsatilgan bo‘linmalarga ajratilgan mulk korxona tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), o‘rnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000), tayyor mahsulotlar (2800), tovarlar (2900) va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlardan 4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

177. 4120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar" schyotida sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xo‘jalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu schyotda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.


4110 "Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar" va 4120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir ajratilgan bo‘linma, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha yuritiladi.

178. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin