T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
|
|
|
|
2
|
Tovarlarni hisobdor summa hisobidan sotib olish
|
2910-2990
|
6970
|
3
|
Mol etkazib beruvchilardan tovarlar olindi
|
2910-2990
|
6010, 7010
|
4
|
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan tovarlar va prokat buyumlarining kelib tushishi
|
2910- 2990
|
6110, 6120, 7110, 7120
|
5
|
Ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushgan tovarlarning kirim qilinishi
|
2910- 2990
|
4610
|
6
|
Tovarlarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.
|
2910-2990
3190
|
6230
2910-2990
|
7
|
Tekinga olingan tovarlarni kirim qilish
|
2910- 2990
|
8530
|
8
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovarlar va idishlar
|
2910- 2990
|
9390
|
9
|
Ilgari tovar sifatida kirim qilingan moddiy qiymatliklarni materiallar tarkibiga kiritish yoki tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olingan materiallar sifatida kirim qilish
|
1010
|
2910-2990
|
10
|
YAroqsiz holga kelgan prokat buyumlarini hisobdan chiqarish
|
9430
|
2940
|
11
|
Tovarlar qayta ishlashga berildi
|
2010
|
2910-2990
|
12
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa
|
5910
|
2910- 2990
|
13
|
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobiga (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lov hisobiga) tovarlarning berilishi
|
9120
|
2910-2990
|
14
|
Sotilgan tovarlarning tannarxini hisobdan chiqarish
|
9120
|
2910-2990
|
15
|
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan aniqlangan kamomad
|
4730
|
2910-2990
|
16
|
Ajratilgan bo‘linmalarga tovarlarning berilishi
|
4110
|
2910
|
17
|
Tovarlarga savdo ustamasi
|
2920
|
2980
|
18
|
Sotilgan savdo ustamasining hisobdan chiqarilishi
|
2980
|
9120
|
III BO‘LIM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI VA
KECHIKTIRILGAN XARAJATLAR - JORIY QISMI
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini
hisobga oluvchi schyotlar (3100)
155. Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi bo‘yicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo‘lgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3110 "Oldindan to‘langan operativ ijara haqi"; (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
3120 "Oldindan to‘langan xizmat haqi";
3190 "Boshqa kelgusi davr xarajatlari". (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
156. Bu schyotlarda quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan to‘lash;
b) mulkning yillik sug‘urtasini to‘lash;
v) kelgusi davrlar uchun operativ ijara to‘lovi badallari va kelgusida xarajatlarga olib boriladigan boshqa xarajatlar. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi kichik band)
157. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish o‘rnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
158. 3110 "Oldindan to‘langan operativ ijara haqi" schyotida ushbu hisobot davrida to‘langan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli operativ ijara haqi hisobga olinadi, masalan, korxona yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini to‘ladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
159. 3120 "Oldindan to‘langan xizmat haqi" schyotida ushbu hisobot davrida oldindan haqi to‘langan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo‘lgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotda obuna bo‘yicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
160. 3190 "Boshqa kelgusi davr xarajatlari" schyotida 3110 "Oldindan to‘langan operativ ijara haqi" va 3120 "Oldindan to‘langan xizmat haqi" schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan to‘langan xarajatlar hisobga olinadi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) bo‘yicha analitik hisob schyotlari xarajat moddalari va ob’ektlari (yo‘nalishlari) bo‘yicha yuritiladi. (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
161. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |