Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə27/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi



2710

0210-0299

2

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi to‘lash xarajatlari



2710

6710

3

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi



2710

0510-0590

4

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga ko‘rsatilgan va ularning is’temol qilgan xizmatlari qiymati



2710

2310

5

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlarining sotish va ma’muriy xarajatlarga taqsimlanishi



9410, 9420

2710

6

Hisobot davri oxirida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi



9430

2710

7

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning sarflanishi



2710

1010-1090

8

Mahsulot olish uchun hayvonlarning so‘yilishi



2710

1110, 1120

9

Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.



2710
3290

6230
2710

10

Materiallar qiymatidagi farqlar hisoblangan ulushda xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar schyotiga hisobdan chiqarildi



2710

1610

11

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun sarflandi



2710

2110

12

Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi



2710

3110-3190

13

Asosiy sexlar mahsulotlarining bir qismi xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning ehtiyojlari uchun ishlatildi



2710

2810

14

Mol etkazib beruvchilardan xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bug‘, energiya va xokazolar) va xizmatlar



2710

6010

15

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda sug‘urta bo‘yicha xarajatlar



2710

6510

16

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari bo‘yicha maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar



2710

6520

17

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun turli korxonalarga bo‘lgan qarzlar



2710

6990

18

Hisobdor shaxslarga qarzlar



2710

6970

19

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning ko‘rsatgan xizmatlari



2710

6110, 6120

20

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ortiqcha tugallanmagan ishlab chiqarishning kirim qilinishi



2710

9390

21

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning kapital qo‘yilmalarni amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi



0810-0890

2710

22

Ilgari xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi



1010-1090

2710

23

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari o‘stirishdagi va bo‘rdoqiga boqilayotgan xayvonlarning tannarxiga kiritildi



1110, 1120

2710

24

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning materiallarni xarid qilishda ko‘rsatgan xizmatlari va xarajatlari



1510

2710

25

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlari tarkibiga kiritildi



3110-3190

2710

26

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tayyor mahsulotlar kirim qilindi



2810

2710

27

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlarni etkazish va sotishda ko‘rsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi



9410

2710

28

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning sotgan mahsulotlari, bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish



9110, 9130

2710

29

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan boshqa korxonalarga investitsiya tariqasida mahsulotlar berildi va xizmalar ko‘rsatildi



9110, 9130

2710

30

Ajratilgan bo‘linmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlari berildi yoki xarajatlari hisobdan chiqarildi



4110

2710

31

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning tabiiy ofat, yong‘in va shu kabilar natijasida ko‘rgan zararlari hisobdan chiqarildi



9430, 9720

2710

11-§. Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2800)

136. Tayyor mahsulotlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar";
2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar";
2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar".

137. CHetga ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning qiymati tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) aks ettirilmaydi. Ular bo‘yicha haqiqiy xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlardan 9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi" schyotiga hisobdan chiqariladi. Buyurtmachilarga joyida topshiriladigan va qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida qoladi.


138. 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotida tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Mazkur schyotda sotishga mo‘ljallangan qurulish ob’ektlarining tannarxi ham hisobga olinadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘simlikchilik mahsulotlari, chorvachilik va qayta ishlangan mahsulotlarining harakatini biznes-rejadan kelib chiqib, yil davomida prognoz tannarxi bo‘yicha hisobga oladi. Yil oxirida tayyor mahsulotning haqiqiy va prognoz tannarxi o‘rtasida aniqlangan farq mahsulotlar schyotiga hisobot yili oxiridagi keltirilgan mahsulotlarning qoldig‘iga taalluqli bo‘lgan ulushlarda o‘tkaziladi.


Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan, qisman korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga ortib jo‘natilgan tayyor mahsulotlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditidan sotilish tartibida 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida hisobga olingan tayyor mahsulotlar, analitik hisobda alohida turdagilarning harakatini, mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining, uning hisob bahosi qiymatidan farqini ajratgan holda ularni hisob baho (reja tannarxida, sotish bahosida va boshqa)da aks ettirish mumkin. Bunday farqlar tayyor mahsulotning alohida guruhlari bo‘yicha korxona tomonidan shakllantiriladigan hisob bahosi qiymatidan haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining farq darajasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotlarni 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotidan hisobdan chiqarishda haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi analitik hisobda qabul qilingan bahosi bo‘yicha qiymatidan farq summasi, hisobot davri boshiga tayyor mahsulotlar qoldig‘idagi farqlar va hisobot oyi mobaynida omborga kelib tushgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha farqlarning bu mahsulotlarning hisob bahosidagi qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan foizlar bo‘yicha topiladi. Sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan tayyor mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining uning hisob bahosi bo‘yicha qiymatidan farq summasi 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditida va ular ortiqcha xarajat yoki tejalganlikni ko‘rsatishidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha yozuv orqali tegishli schyotlarning debetida aks ettiriladi.

139. 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar" schyotida ko‘rgazma, yarmarka, reklama va ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar" schyotining debeti va 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o‘tadi. Agar ko‘rgazmaga, yarmarkaga va sh.k.ga qo‘yilgan tayyor mahsulotlar sotilsa, u holda 2810 "Ombordagi tayyor mahsulot" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.


140. 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotida komissiya va konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha ortib jo‘natilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi.


Boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartlari asosida sotish uchun berilgan tayyor mahsulotlar 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotidan 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Komissiya va konsignatsiya shartlari asosida berilgan tayyor mahsulotlarni sotishda 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyoti kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 2820 "Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar", 2830 "Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob javobgar shaxslar bo‘yicha, turlari (sortlar, partiyalar, kiplar) bo‘yicha va tayyor mahsulotni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.

141. Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2800)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin