10-§. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni
hisobga oluvchi schyotlar (2700)
133. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalga oshiriladi.
Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadi bo‘lgan faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
134. 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining debetida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralar, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining kreditida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining krediti bo‘yicha tovar moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko‘rsatadi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik va xarajat elementlari, moddalari bo‘yicha va mahsulot turlari bo‘yicha yuritiladi.
135. Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |