Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə28/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Asosiy, yordamchi sexlardan, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tayyor mahsulotlarning kirim qilinishi



2810

2010, 2310, 2710

2

Tayyor mahsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilish



2810

2110

3

Tayyor mahsulotlarning ko‘rgazmadan omborga kirim qilinishi



2810

2820

4

Tayyor mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.



2810
3190

6230
2810

5

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlar



2810

9390

6

Ichki ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlarning ishlatilishi, tayyor mahsulotlarning sexlarga qayta ishlov berish va boshqalar uchun qaytarilishi



2010, 2310, 2510, 2710 9410-9430

2810

7

Tayyor mahsulot omboridan mahsulotlar yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish uchun berildi



2610

2810

8

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa



5910

2810

9

Kelgusi davr xarajatlari tarkibida yuritiladigan xarajatlarga tayyor mahsulotlarning ishlatilishi



3190

2810

10

Tayyor mahsulotlarning ko‘rgazmaga berilishi



2820

2810

11

Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxini hisobdan chiqarish



9110

2810-2830

12

Tayyor mahsulotlarning moliyaviy qo‘yilmalar (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar) hisobiga berilishi



0600, 5800
9110

9010
2810

13

Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxsning aybi bo‘yicha kamomadning aniqlanishi



4730

2810

14

Tayyor mahsulotlarning ajratilgan bo‘linmalardan kelib tushishi



2810

6110

15

Tayyor mahsulotlarning ajratilgan bo‘linmalarga berilishi



4110

2810-2830

16

Tayyor mahsulotlarning tekinga berilishi



9430

2810

12-§ Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)

142. Sotishga mo‘ljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


2910 "Ombordagi tovarlar";
2920 "CHakana savdodagi tovarlar";
2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar";
2940 "Prokatdagi buyumlar";
2950 "Tovarlar bilan band va bo‘sh idishlar";
2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar";
2970 "Yo‘ldagi tovarlar";
2980 "Savdo ustamasi";
2990 "Boshqa tovarlar".

143. Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar, qandaydir buyumlar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari maxsus sotish uchun xarid qilingan hollarda qo‘llaniladi.


144. Ta’minot, tayyorlov, savdo korxonalarida tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarda, shuningdek asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarda yuritiladigan ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan inventarlardan tashqari sotib olingan idishlar va o‘zida ishlab chiqarilgan idishlar hisobga olinadi.


145. 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida, omborlarda, umumiy ovqatlanish korxonalarining saqlash joylarida, sabzavotni saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining naqdligi va harakati sotib olish qiymatida hisobga olinadi.


Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan foydalanilgan holda materiallar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish tartibi kabi bir xilda hisobda aks ettirish mumkin.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)larga hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi yoki ular tomonidan to‘lanishi 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidan 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi.

146. 2920 "CHakana savdodagi tovarlar" schyotida chakana savdo korxonalari (magazinlar, palatkalar, laryoklar, kiosklar va hokazolar) va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi tovarlarning naqdligi va harakati hisobga olinadi. CHakana savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning naqdligi va harakati ham ushbu schyotda hisobga olinadi. CHakana savdodagi tovarlarning sotilishida ham 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.


147. 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar" schyotida ko‘rgazmalar, yarmarkalar, reklama va ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930 "Ko‘rgazmadagi tovarlar" schyotining debeti va 2910 "Ombordagi tovarlar" yoki 2920 "CHakana savdodagi tovarlar" schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga o‘tadi. Agar ko‘rgazmaga, yarmarkaga va hokazoga qo‘yilgan tovarlar sotilsa, u holda buxgalteriya yozuvlari 2910 "Ombordagi tovarlar" schyotidagi kabi amalga oshiriladi.


148. 2940 "Prokatdagi buyumlar" schyotida prokatga (ijaraga) berish uchun mo‘ljallangan buyumlarning naqdligi va harakati hisobga olinadi.


149. 2950 "Tovarlar bilan band va bo‘sh idishlar" schyotida tovarlar bilan band va bo‘sh turgan idishlarning (chakana savdo korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi shisha idishlardan tashqari) naqdligi va harakati hisobga olinadi.


Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo‘sh bo‘lgan idishlarning harakatini ularning tarkibi va bahosidan kelib chiqqan holda idishlar guruhi bahosi bo‘yicha o‘rnatiladigan o‘rtacha hisob bahosi bo‘yicha hisobga olishlari mumkin. Bunda idishlarni sotib olish bahosi bilan o‘rtacha hisob baholari orasidagi farq 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotida yoki 9490 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotida olib boriladi.

150. 2960 "Komissiyaga berilgan tovarlar" schyotida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan tovarlar hisobga olinadi.


151. 2970 "Yo‘ldagi tovarlar" schyotida hisobot davri oxirida yo‘lda qolgan (omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi.


152. 2980 "Savdo ustamasi" schyoti agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida tovarlar hisobda sotish bahosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama (chegirma)lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Umumiy ovqatlanish korxonalarida ushbu schyotda omborxonalar, bufetlar va oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning savdo ustamalari, shuningdek oshxona va bufet mahsulotlariga sotish bahosida ularning qiymatiga belgilangan tartibda qo‘yiladigan ustama summalari hisobga olinadi.
2980 "Savdo ustamasi" schyoti tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi summasiga kreditlanib, sotilgan, chiqarilgan yoki tabiiy yo‘qotish natijasida hisobdan chiqarilgan, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va hokazolarda tovarlar bo‘yicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan qismi 2980 "Savdo ustamasi" schyotining debetida va 9120 "Sotilgan tovarlarning tannarxi" schyotining kreditida aks ettiriladi. Savdo ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan qismi yo‘qlama qilish opislari asosida, o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq, tovarlarga tegishli ustamani aniqlash orqali aniqlashtiriladi.
CHakana savdo korxonalarida sotilmagan tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldig‘iga to‘g‘ri keladigan savdo ustamasi summasi va 2980 "Savdo ustamasi" schyoti debeti bo‘yicha aylanma summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 "Savdo ustamasi" schyoti krediti bo‘yicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob baholari bo‘yicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldig‘iga (hisob baholari bo‘yicha) nisbatidan kelib chiqqan holda hisoblangan foiz bo‘yicha aniqlanishi mumkin.

153. 2990 "Boshqa tovarlar" schyotida 2910 - 2950 schyotlarda aks ettirilmaydigan boshqa tovarlar hisobga olinadi.


Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900) bo‘yicha analitik hisob moddiy javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruhlari, toylar) va tovarlarning saqlanish joylari bo‘yicha yuritiladi.

154. Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin