T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Xarid qilingan moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha QQS summasi
|
4410
|
6010, 6120, 6990
|
2
|
Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘naklar o‘tkazildi
|
4410
|
5110
|
3
|
Moddiy resurslar, tovarlar, ish va xizmatlarga tegishli bo‘lgan QQS hisobga olindi
|
6410
|
4410
|
4
|
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar
|
6410
|
4410
|
6-§. Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar
bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)
192. Korxona tomonidan maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha majburiy to‘lovlari bo‘yicha to‘langan bo‘naklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4510 “Sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari”;
4520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari”.
193. 4510 “Sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari” schyotida korxona tomonidan sug‘urtalar bo‘yicha to‘langan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinadi.
194. 4520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari” schyotida korxona tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya, Yo‘l va boshqa maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘langan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinadi.
Bo‘nak to‘lovlarini o‘tkazishda maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning debeti, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarda 6510 “Sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari”, 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari” schyotlarining debeti va maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi.
195. Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |