T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari o‘tkazildi
|
4510-4520
|
5110-5530
|
2
|
Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalarga to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar
|
6510-6520
|
4510-4520
|
7-§. Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari
bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)
196. Korxona ta’sischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, o‘rtoqlik jamiyatlarining ishtirokchilari va sh.k.)ning korxona ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotida amalga oshiriladi.
197. Korxonani tashkil qilishda ta’sischilar yoki aksiyaga obuna bo‘lgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300) bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.
Ta’sischilarning ulush summalari pul mablag‘lari ko‘rinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda yozuv amalga oshiriladi. Moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) ko‘rinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga mulk sifatida aksiyalarga to‘lov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk ta’sischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi.
4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.
198. Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |