Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Kassadagi pul mablag‘larini



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə43/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Kassadagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar (5000)

221. Korxona kassasidagi pul mablag‘larining naqdligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”;
5020 “CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari”.
Zarur hollarda ayrim (transport, aloqa) korxonalarda “Korxona kassasi” va “Operatsion kassa” kabi schyotlar ochilishi mumkin.
Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning (5000) debeti bo‘yicha korxona kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Krediti bo‘yicha korxona kassasidan to‘lanadigan pul mablag‘lari va limitdan ortiqcha pulni bankka topshirish aks ettiriladi.

222. Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5000)ning bog‘lanishi:





T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha foizlar naqd pulda olinganda (savdo korxonalarida)



5010, 5020

4830

2

Mahsulot, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi



5010, 5020

9010-9030

3

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan tushumning naqd pulda olinishi



5010, 5020

9210-9220

4

Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun)



5010, 5020

5110-5530

5

Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo‘naklarning qaytarilishi



5010, 5020

4220-4290

6

Aksiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadi



5010, 5020

8410

7

Ta’sischilar o‘zlarining ulushlari hisobidan korxonaning ustav kapitaliga naqd pul mablag‘larini kiritdi



5010, 5020

4610

8

Kvartira ijarachilaridan qarz summasi kelib tushdi



5010, 5020

4890

9

Kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va boshqa to‘lovlarning kelib tushishi



5010, 5020

4890

10

Ishchilarga alohida uy-joy qurishga qarz berish uchun kredit summasi naqd pulda olindi



5010, 5020

6810, 7810

11

Pul mablag‘lari kassadan topshirildi va bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi



5110-5530

5010, 5020

12

Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar qaytarib sotib olindi



8610, 8620

5010, 5020

13

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdagi xarajatlar to‘landi (brokerlarxizmati uchun to‘lovlar)



0610, 5810

5010, 5020

14

Hisoblangan mehnat haqi va boshqa to‘lovlar berildi (mukofot va shu kabilar)



6710

5010, 5020

15

Hisobdor summalar berildi



4220-4290

5010, 5020

16

Xodimlarga berilgan qarz summasi



4720

5010, 5020

17

Turli xil summalar berildi (bajarish varaqalari bo‘yicha va boshqalar)



6990

5010, 5020

18

Korxonaning ajaratilgan bo‘linmalari hisobiga naqd to‘lanishi



4110

5010, 5020

19

Tabiiy ofatlar bilan bog‘liq turli xil qoplanmaydigan xarajatlar to‘lanishi



9720

5010, 5020

20

Pul mablag‘larining kamomadi (inventarizatsiya natijasida)



4730

5010, 5020

21

Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlar qoplanishi



6920

5010, 5020

22

Ijaraga beruvchiga tegishli to‘lovlarning to‘lanishi



6910, 6950

5010, 5020

2-§. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar (5100)

223. Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.


224. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi.

225. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin