Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari reja


 Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix23.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#120859
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
01. BUXGALTERIYA HISOBI 6 1 (1)

 
2.3. Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o‘zgarishlar
Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
ko‘plab xo‘jalik operatsiyalarini sodir etadi. Bu xo‘jalik operatsiyalarining har biri 
sodir bo‘lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o‘zgartirib 
yuboradi. Lekin bu xo‘jaklik operatsiyalari balansga faqat to‘rt xil yo‘l bilan ta’sir 
etadi. 
Birinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat 
aktiviga ta’sir etadi. (+A –A) Bunda balansning aktivida bir modda summasi 
ko‘payib, ikkinchi bir modda summasi aynan shu summaga kamayadi, lekin 
balansning umumiy summasi o‘zgarmasdan qoladi. 
Ikkinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning 
faqat passiviga ta’sir qilib, (+P –P) passivda bir modda summasi ko‘payib, ikkinchi 
modda summasi aynan shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy 
summasi o‘zgarmaydi. 
Uchinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning 
aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko‘paytirib yuboradi. (+A +P) 
Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirdia balansninng aktiv tomonda bir 
modda ko‘paysa aynan shu summaga passiv tomnda ikkinchi bir modda ham 
ko‘payadi. 
To‘rtinchisi, shunday xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladiki, ular balansning 
aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. (-A –
P) Bunda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansninng aktiv tomonda bir 
modda kamaysa aynan shu summaga passiv tomnida ikkinchi bir modda ham 
kamayadi. 
Balansga ta’sir qiladigan bunday o‘zgarishlarni misollarda keltiramiz. 


61 
Buxgalteriya balansi hisobot davrining 1-kuniga tuziladi. Xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan 
operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar balansga, albatta, 
ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona balansi quyidagicha 
bo‘lgan:
BALANS 
Aktiv 
Passiv 
Mablag‘lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa 
Mablag‘lar manbai va 
ularning tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000 
Xom-ashyo va materiallar 
1 000 000 Foyda 
400 000 
Kassa 
100 000 Bank kreditlari 
200 000 
Hisob-kitob schyoti 
500 000 Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
500 000 
JAMI 
5 100 000 JAMI 
5 100 000 
Misolni ko‘rib chiqayotganda korxona mablag‘lari xo‘jalik operatsiyalarida 
qatnashayotganda, o‘zgarmasdan qolmasligiga etibor beramiz; keyinchalik ular 
yangi xususiyatga ega bo‘ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tadilar. 
SHuning uchun davr boshiga ko‘rsatilgan dastlabki xolati katta o‘zgarishlarga 
duch keladi. Lekin bunda mablag‘lar turining umumiy summasi bilan ularning 
manbalarining umumiy qiymati o‘rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi. 
Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 
60 000 so‘m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 000 
so‘mga kamayadi va 40 000 (100 000-60 000) so‘mni tashkil qiladi. SHu bilan bir 
vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu 
korxonaga qarzining paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo‘lgan 60 000 
so‘mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo‘ladi. Bunda ushbu 
operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan 
mablag‘lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o‘tipshgina sodir bo‘ldi. 
Aktivning jami o‘zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o‘rtasidagi tenglik 


62 
saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi: 
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag‘lar turi va 
ularning joylanishi 
Summa 
Mablag‘lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000 
Xom ashyo va materiallar 1 000 000 Foyda 
400 000 
Kassa 
40 000 Bank kreditlari 
200 000 
Hisob-kitob schyoti 
500 000 Mol 
etkazib 
beruvchi 
va 
pudratchilar bilan hisoblashishlar 
500 000 
Debitorlar 
60 000
JAMI 
5 100 000 JAMI 
5 100 000 
Ikkinchi operatsiya. Sof foyda hisobidan uning bir qismi (100 000 so‘m) 
korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira 
kapitali tashkil etilgan. 
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 100 000 so‘mga 
kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo‘ladi: xuddi shu summaga 
zaxira kapitali ko‘payadi. Demak, endi foyda miqdori 300 000 (400 000 - 100 000) 
so‘mni, zaxira fondi esa 100 000 so‘mni tashkil qiladi. Ikkinchi operatsiya 
natijasida faqat mablag‘lar manbai o‘zgaradi. Bir manba (foyda)ning kamayishi 
hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo‘ladi. Bu operatsiya faqat passiv 
moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o‘zgarmaydi. Demak, 
aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi. BALANS (ikkinchi 
operatsiyadan keyin)ga qarang 
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag‘lar turi va ularning
Joylanishi 
Summa 
Mablag‘lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000 
Xom ashyo va materiallar 
1 000 000 Zaxira kapitali 
100 000 
Kassa 
40 000 
Foyda 
300 000 
Hisob-kitob schyoti 
500 000 
Bank kreditlari 
200 000 
Debitorlar 
60 000 
Mol etkazib beruvchi pudratchilar 
bilan hisoblashishlar 
500 000 
JAMI 
5 100 000 JAMI 
5 100 000 


63 
Uchinchi operatsiya. Mol etkazib beruvchilardan sotib olingan 250 000 
so‘mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to‘lanmadi. Mazkur 
operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko‘payishiga olib keladi. Demak, 
balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 250 000 so‘mga oshadi. 
Ikkinchidan materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali 
to‘lanmagani uchun, korxonaning mol etkazib beruvchilar oldida qarzi paydo 
bo‘ladi. Balansda bu «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo‘yicha 
aks ettirilib, uning summasi ham 250 000 so‘mga oshadi va 750 000 so‘mga teng 
bo‘ladi. 
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag‘lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa 
Mablag‘lar manbai va 
ularning tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
3 500 000 Ustav kapitali
4 000 000 
Xom ashyo va materiallar 
1 250 000 Zaxira kapitali 
100 000 
Kassa 
40 000 Foyda 
300 000 
Hisob-kitob schyoti 
500 000 Bank kreditlari 
200 000 
Debitorlar 
60 000 Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
750 000 
JAMI 
5 350 000 JAMI 
5 350 000 
Balansda aks ettirilish tavsifi bo‘yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq 
qiladi. U bir vaqtning o‘zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda 
xam, passivda xam yuzaga keltirgan o‘zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va 
bir tomonga yo‘naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda 
o‘zgaradi, ularning o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. 
To‘rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo‘yicha qarzni 
uzish uchun 200 000 so‘m o‘tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul 
mablag‘larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o‘zida korxonaning 
kreditlar bo‘yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-
kitob» schyoti bo‘yicha summa 300 000 (500 000 – 200 000) so‘mgacha kamayadi 
va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo‘yicha 0 (200 000 – 200 000) gacha 


64 
kamayadi, ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi. 
To‘rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. 
SHuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o‘rtasidagi tenglik bu 
operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi. 
BALANS (to‘rtinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag‘lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa Mablag‘lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
3500000 Ustav kapitali
4000000 
Xom ashyo va materiallar 
1250000 Zaxira kapitali 
100000 
Kassa 
40000 Foyda 
300000 
Hisob-kitob schyoti 
300000 Bank kreditlari 

Debitorlar 
60000 Mol 
etkazib 
beruvchi 
va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
750000 
JAMI 
5150000 JAMI 
5150000 
Bunga o‘xshagan operatsiyalar xo‘jalik faoliyatida ko‘plab uchraydi. 
Keltirilgan to‘rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan hodisalarni o‘z ichiga oladi. 
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar 
(birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko‘rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va 
passivini o‘zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo‘lib 
o‘tgan edi. Bu balans o‘zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa 
operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala 
ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko‘payishi (uchinchi operatsiya) yoki 
kamayishini (to‘rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi. 
YUqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o‘zgarishlar turlarini quyidagi 
tarzda ifodalash mumkin: 


65 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin