Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Saidazimxon Salohiddinov

Matn tahlili va tahriri 
Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil 
vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning 
xususiyatlarini o‘rganishdir. 
Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan 
kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda 
davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi. 
Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim: 
1.Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining 
munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida 
olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, 
muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. 
Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular 
o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha 
harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini 
ilgari suradi. 


2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning 
yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur. 
3. Asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda 
o‘rganiladi. 
4.Asar syujeti va kompozisiyasini o‘rganish ham adabiiy tahlilning asosiy 
vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g‘oyani 
ifodalaydi. Mavzu va g‘oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning 
o‘zaro mosligi, obrazning tipikligi va xaqqoniyligi syujet va kompozisiyaning 
pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida 
aniqlanadi. 
Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni 
sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik 
mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt 
asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, 
chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga 
ko‘maklashadi. 
Badiiy matn murakkab va ko‘p qatlamdir. Uni tahlil qilishdan maqsad- 
ijodkor o‘ylagan ma’no va ichki kechinmalarni maksimum holda payqab olishdir. 
Ijodkorni o‘ylagan narsasi faqat badiiy asar orqali namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin