Buxgalteriya va audit


Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Saidazimxon Salohiddinov

Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume) 
Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib 
aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson 
to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish 
tajribasi, qizishlari va hokazo. 
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek 
tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi 
mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan 
ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, 
lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori 
yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga 
topshiriladi. 
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsiy ma’lumot 
a. Ism-sharif (talab qilinadi) 


b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) 
c. Jins (majburiy emas) 
d. Millat (majburiy emas) 
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas) 
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy) 
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish. 
Maqola va uning turlari 
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha
katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi
yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar
ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy
qismdan iborat bo‘ladi: 
1. 
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 
2. 
Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik 
bayon qilindi. 
3. 
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. 
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq
amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini
belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, 
maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, 
maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati ko‘rsatiladi. 
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish
jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida
tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan 
foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi 
uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy
uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub. 
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar 
to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-


hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan
isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu
uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani 
holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Ilmiy 
uslub 
bilimning 
turli 
sohalariga 
qarab, 
shuningdek, 
kimga
mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan 
shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy 
uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan
mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng 
ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, 
tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop 
uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu
uslubning ko‘rinishlaridir. 
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda
esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni 
ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi. 
1- topshiriq. Kasb tanlovi mavzusida esse yozing.
1- 
mashq. Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling 
ВЫБОР ПРОФЕССИИ 
Современный список профессий содержит около 40 000 наименований. 
Если бы каждый день, исключая выходные и каникулы, человек слушал бы 
рассказ только об одной профессии, чтобы узнать обо всех, ему
понадобилось бы около 185 лет. Психологи предложили простую и удобную 
классификацию всех 40 000 профессий. Главным признаком профессии 
выделяют предмет труда, то есть то, чем работает человек. По этому 
признаку профессии делятся на пять групп. 
1. «Человек и природа». К этой группе относятся все профессии, связанные с 
природой. Это биологи, агрономы, цветоводы, экологи, геологи, гидрологи. 
2. «Человек – техника». К этой группе относятся профессии, предметом 
труда которых является техника. Это токарь, шофёр, машинист, механик,
строитель. 
3. «Человек – человек». К ней относятся профессии, связанные с общением 
людей – врач, учитель, воспитатель, тренер. 


4. «Человек - знаковая система». Это профессии, в которых человек имеет 
дело со знаками. Для математика такими знаками являются математические 
символы, для переводчика - родной и иностранный языки, для бухгалтера – 
отчёты, документация. 
5. «Человек – художественный образ». Эта группа объединяет людей, 
создающих эстетические ценности. Это музыкант, резчик по ганчу, 
писатель, дизайнер. 
С помощью этого разделения психологи определяют, какую профессию 
может выбрать человек. 
Главная гарантия правильного выбора профессии – в горячем желании и 
серьёзном отношении к выбранной профессии. 
3- topshiriq. Kasb turlari bo‘yicha klaster tuzing. 
4- topshiriq. Matnni o‘qing
Pochta tarixi 
Aloqa ishlarida maxsus xizmatkorlar-choparlar podshoh va mahalliy 
hokimlarning farmoyish va xat-xabarlarini tashiganlar.Ular hukumatdan maosh
olib turganlar. Choparlarning bir guruhi oliy hukmdorlarning kechiktirib 
bo‘lmaydigan farmoyishlari va boshqa xabarlarini belgilangan yurtlar va 
odamlarga yetkazib turganlar. Xabarchilarning bu guruhi shuturpari (qanotli 
tuyalar) deb atalgan. Xabarchi choparlar tepasida muboshir(arabcha xushxabar 
tarqatuvchi) deb ataluvchi va saroyda hurmat -e’tiborga ega bo‘lgan amir turgan. 
O‘tmishda xonlar va mahalliy hukmdorlar savdo karvonlaridan ham xabar 
/xabarchi/vositasida foydalanganlar. Savdogarlardan axborot manbai sifatida 
olimlar ham keng foydalanishgan. 
Choparlar va savdo karvonlariga hukumat katta imtiyoz va qulayliklar 
yaratgan. Masalan: yo‘l ustida(bir kunlik yo‘l ustida (yomxonalar)forscha: 
xabarchi otlar saqlanadigan joy/va rabotlar/arabcha: karvonsaroy/qurdirilib, 
ularning tepasiga mahsus nazoratchilar/yomchilar, rabotbonlar/qo‘yilgan. Ularning 
zimmasiga choparlar, savdogarlar va elchilarga qo‘noq va oziq-ovqat berish, 
jo‘nab ketishlarida horigan /charchagan/ va o‘sallab qolgan ot-ulovini almashtirib 
berish va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Yemxona 
va rabotlardan tashqari, yo‘l ustidagi qishloqlarning aholisi ham elchi va 
choparlarga qo‘noq va oziq-ovqat berishga majbur etilganlar. 


* * * 
O‘tmishdagi ko‘pgina mamlakatlarda pochtachilarga katta hurmat bilan 
qarashgan. Misrda xat tashuvchilarga hatto haykal qo‘yilgani ma’lum. 
Yunonistonda ular eng hurmatli insonlardan sanalardi. 
* * * 
O‘tmishda pochtachilar o‘ta rostgo‘y va tezkor bo‘lish bilan birga, og‘zaki 
xatni yetkazishda ham ehtiyotkor edilar. Qadimgi elatlarning pochta stansiyalari 
bir-biridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan. 
Ular kecha-kunduz navbatchilik qilishardi. Stansiyadagi navbatchi 
pochtachilar bir-birlarini gulxan yoqib xabardor qilishgan. "Xat"ni yetkazishda 
choparlar bir daqiqa ham to‘xtashmagan. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar. 
1. 
Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. 
Reja asosida matnni so‘zlab bering. 
3. 
Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing. 
2- mashq. Matnni rus tiliga tarjima qiling. Kasb-hunarga oid so‘zlarni 
ishlatilishiga e’tibor bering. 
Telefon tarixi haqida 
Dunyodagi eng birinchi telefon stansiyasi 1878 yili Amerika Qo‘shma 
Shtatlarining Nyu-Xeben shahrida ishga tushirilgan. Rossiyada esa, dastlabki 
telefon stansiyalari 1882 yildan boshlab Peterburg, Moskva, Riga va Odessa kabi 
shaharlarda paydo bo‘la boshlagan; Toshkentda birinchi telefon aloqasi Turkiston 
o‘lkasi pochta-telegraf idorasi va shu idora boshlig‘ining uyi o‘rtasida o‘rnatilgan. 
Korxonalar va aholi foydalanishiga mo‘ljallangan, mijozlarni bir-birlari bilan ulash 
ishlari qo‘lda bajariladigan birinchi telefon stansiyasi 1904 yilning 7 sentabrida 
foydalanishga topshirilgan. 
Birinchi avtomat telefon stansiyasi Shvetsiyaning "Erikson" firmasi ishlab 
chiqargan mashina tizimidagi ATS bo‘lib hozirgi 32/33 ATS binosida joylashgan
va 1932 yilning 8 mart kuni ishga tushirilgan. 


Dekadali-odimlab ishlovchi birinchi ATS 1958 yili (hozirgi 44 ATS), 
birinchi koordinat ATS esa, 1972 yili (hozirgi 56 ATS) ishga tushirilgan. 
Nazariy ma’lumot 
4- mashq. “Hayotdagi maqsadlarim va orzularim” mavzusida monologik matn
tuzing. 
7- 
topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib, monologik va dialogik
matnlarni solishtiring. 

Document Outline

  • BAJARDI: 924-guruh talabasi: Salohiddinov Saidazimxon

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin