“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi:
Mo’minov Shermuhammad Karimovich
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
Psixolog: Rasulova Gulmira Mirzayevna
Angren-2020
“MAKTABGA TAYYORLOV GURUH BOLALARIDA DIQQAT XUXUSIYATLARINI O’RGANISH USULLARI”
“Menga do’st bo’lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering”
“Menga do’st bo’lishni istasangiz maktabgacha ta’limga e’tibor bering”
Sh.M.Mirziyoyev
Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2019 yil 1 martda Namanganda bo’lib o’tgan faollar yig’ilishidagi nutqidan
“MAKTABGA TAYYORLOV GURUH BOLALARIDA DIQQAT XUSUSIYATLARINI O’RGANISH USULLARI”
Reja:
1. Kirish. Mavzuning dolzarbligi.
2. 6-7 yoshli bolalarda diqqat xususiyatlarining rivojlanishi.
3. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida diqqat xususiyatlarini o’rganishning psixologik maqsadi.
4. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida diqqat xususiyatlarini o’rganish usullari.
5. Xulosa va tavsiyalar.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillaridagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‘onasi hisoblanmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar qilinmoqda. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar hamda sinqdosh zrtog‘larini tushunishi, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘lik bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarini egallashga tayyorgarligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etish va harakat qilish muhimroq hisoblanadi.
Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.