10-МАVZU. BUXGALTERIYA BALANSI
Mavzuga doir atamalar:
balans, texnollogik balans, iqtisodiy balans, balans
qismlari, balans bо‘limlari, aktiv, passiv, aktivlar, uzoq muddatli aktivlar, joriy
aktivlar, passivlar, uzoq muddatli qarzlar, uzoq muddatli kreditlar, qisqa muddatli
kreditlar, qisqa muddatli qarzlar balans moddasi, majburiyatlar.
1. BALANS HAQIDA TUSHUNCHA.
Balans fransuzcha sо‘zi bо‘lib tarozi, ya’ni tenglik ma’nosini bildiradi.
227
8-chizma. Balans ma’nosini ифоdaловчи белги.
Balans sodir bо‘ladigan voqealiklarga, ularning alohida tomonlarini
(jihatlarini) bir-biriga qarshi qо‘yish yoki solishtirish yо‘li bilan baho berish
tizimidir.
Takror ishlab chiqarish jarayonini aks ettirishi bо‘yicha iqtisodiyot
tarmoqlarida qо‘llaniladigan balanslar texnollogik va iqtisodiy balanslarga
bо‘linadi. Texnollogik balanslar aniq turdagi mashulotlarni ishlab chiqarishini va
ularning iste’molini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Texnollogik balanslar mehnat resurslari, mehnat buyumlari (xom ashyo,
yoqilg‘i, materiallar), mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar, priborlar) hamda
iste’mol buyumlari (oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, poyafzallar) balanslaridan
tashkil topadi. Odatda texnollogik balanslar natura shaklida tuziladi.
Iqtisodiy Buxgalteriya balanslari vazirliklarni, byudjet muassasalarini,
banklarni va boshqa shu kabi xо‘jalik yurituvchi subyektlarni balanslaridan tashkil
topadi.
Xalq xо‘jaligining yig‘ma moliya balanslari, xalq xо‘jaligi resurslarini kelish
manbaalarini, ishlab chiqarish hajmini, uning o’sish dinamikasini hamda jami
ijtimoiy mashulotni va milliy daromadni iste’mol qilishni, jamg‘arishni
shuningdek moddiy boyliklar hajmini, tarkibini, ularni shaxsiy va ijtimoiy iste’mol
qilishni kо‘rsatib beradi. Ular yig‘ma xalq xо‘jaligi va yig‘ma moliya balanslaridan
tashkil topadi.
|