Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


“Uzoq muddatli aktivlar”, “Oborot



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

“Uzoq muddatli aktivlar”, “Oborot 
aktivlar”, “О‘zlik mablag‘larining manbaalari”, “Majburiyatlar”
) balansning 
tarkibiy qismlari
deyiladi. 
Balansda kо‘rsatilgan xо‘jalik mablag‘lari va ularning paydo bо‘lish 
manbaalarini alohida turlari yoki guruhlari 
balans moddalari
deb ataladi. 
Balansning tuzilishiga nisbatan uning moddalari aktiv va passiv moddalarga 
ajratiladi.


230 
Balansning “aktiv” moddalariga uning aktiv tomonida kо‘rsatiladigan 
“Asosiy vositalar”, “Nomoddiy aktivlar”, “Shо‘ba korxonalaridagi aksiyalar”, 
“Shо‘ba korxonalarga berilgan qarzlar”, “Uyushma korxonalaridagi aksiyalar”, 
“Uyushma korxonalariga berigan qarzlar”, 
10-chizma. Balansning tarkibiy qismlari 
“Uzoq muddatli investitsiyalar”, “Boshqa qarzlar”, “Boshqa aktivlar”, 
“Ishlab chiqarish zahiralari”, “Tayyor mashulot”, “Pul mablag‘lari”, “Valyuta 
mablag‘lari”, “Kassadagi pullar”, “Qisqa muddatli qо‘yilmalar”, “Sotib olingan 
xususiy aksiyalar”, “Debitorlar” va shu kabi boshqa mablag‘lar kiradi. 
11-chizma. Balansning aktiv moddalari 
Uzoq 
muddatli 
aktivlar
Айланма 
(oborot) 
aktivlar
О‘zining 
mablag‘lari
Majburiyat
lar
Balans-
ning aktiv 
moddalari
Asosiy 
vositalar, 
Nomodiy 
aktivlar
Uzoq muddatli 
investitsiyalar
Kassadagi 
pullar
Pul mablag‘lari, 
valyuta 
mablag‘lari
Tayyor 
mahsulotlar
Ishlab 
chiqarish 
zahiralari 


231 
Balansning “passiv” moddalariga uning passiv tomonida kо‘rsatiladigan 
“Ustav kapitali”, “Qо‘shilgan kapital”, “Rezerv kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar)”, ”Maqsadli tushum va fondlar”, “Uzoq muddatli qarzlar”, 
“Uzoq muddatli kreditlar”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Qisqa muddatli kreditlar”, 
“Kreditorlar” va boshqa manbaalarni va korxona majburiyatlarini kiritish mumkin.
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv moddalarining mazmunidan 
korxona qaysi sohaga tegishli ekanligini bilib olish mumkin. Masalan: sanoat 
korxonalari balansining aktiv tomonida xom ashyo, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, qurilish korxonalari balansida qurilish materiallari va о‘rnatilmagan 
jihozlar, savdo korxonalari balansida esa tovar va idishlarni summasini salmog‘i 
balansning umumiy qiymatida kо‘proq bо‘ladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin