246
4. HISOB SIYOSATIDA BALANSNI YORITIB BERISH TARTIBI.
Buxgalteri balansi korxonaning hisob siyosatida О‘zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya Hisobining 15-son “Buxgalteriya balansi”
номли milliy standarti
talablari doirasida yoritiladi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib,
xо‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotlarni
tо‘playdi. Shuning uchun ham buxgalteriya balansidagi barcha axborotlar tо‘g‘ri
oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bо‘lishi talab etiladi. Balansda
axborotlar hisobot davri boshiga va oxiriga tegishli bо‘lgan ma’lumotlar tarzida
keltiriladi. Ma’lumotlarini oshkoraligini ta’minlash maqsadida, zaruriyat
bо‘lganda, buxgalteriya balansini qо‘shimcha moddalar bilan tо‘ldirish mumkin.
Buxgalteriya balansini oshkor qilishi kerak. Buxgalteriya balansining joriy
aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari saldolanmaydi,
balansining ayrim
moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan saldolanmaydi.
Shuningdek, buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, о‘z sarmoyasi,
uzoq muddatli va joriy majburiyatlar summasi oshkor qilinishi kerak. Ularni
oshkor qilish xо‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda
foydalaniladigan hamda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun zarur
bо‘ladigan axborotlardan iborat bо‘ladi.
Balansning “Uzoq muddatli aktivlar” bо‘limida asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, о‘rnatiladigan uskunalar,
kapital qо‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan
uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi. Uzoq muddatli investitsiyalar
va qimmatli qog‘ozlar qiymati, shо‘ba xо‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe
xо‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga
investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari bо‘yicha oshkor
qilinishi kerak.
Balansning “Joriy aktivlar” bо‘limida
tovar-moddiy zahiralar, kelgusi
davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik
247
qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qо‘yilmalar va boshqa joriy
aktivlar summalari oshkor qilinadi.
Xaridor va buyurtmachilarning debetorlik qarzlari, alohida bо‘linmalar
qarzlari, shо‘ba va tobe xо‘jalik
jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan
bо‘naklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bо‘naklar, byudjetga
soliqlar va yig‘imlar bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga
va sug‘urta bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlari, ustav sarmoyasiga qо‘yilmalar bо‘yicha
ta’sischilarning bо‘nak tо‘lovlari, boshqa operatsiyalar bо‘yicha xodimlar qarzlari
hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari tarzida oshkor qilinishi kerak.
Pul mablag‘lari, kassadagi naqd pul mablag‘lari, hisob-kitob raqamidagi pul
mablag‘lari, valyuta hisob raqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari
(bankdagi maxsus hisob raqamlar, pul ekvivalentlari, yо‘ldagi о‘tkaziladigan pul
mablag‘lari) summalari tarzida oshkor qilinadi.
Balansning “Xususiy sarmoya” bо‘limida ustav sarmoyasi, qо‘shilgan
sarmoya, zahira sarmoya, sotib olingan о‘z
aksiyalari, taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bо‘lg‘usi xarajatlar va tо‘lovlar
zahiralari oshkor qilinadi.
“Majburiyatlar” bо‘limida korxonaning uzoq muddatli va joriy majburiyatlar
summasi alohida-alohida oshkor etiladi.
Uzoq muddatli majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bо‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar,
shо‘ba va tobe xо‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan
uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy tо‘lovlar bо‘yicha muddati
kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bо‘naklar,
uzoq
muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli
kreditorlik qarzlari summalari kо‘rsatilishi kerak. Majburiyatlarga tegishli bо‘lgan
foiz stavkalari, shartnoma majburiyatlari, sо‘ndirish shartlari va ketma-ketligi,
mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansiga tushuntirish xatida batafsil
yoritiladi.
248
Balansning joriy majburiyatlar moddasida mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga qarzlar, alohida bо‘linmalarga qarzlar, shо‘ba va tobe xо‘jalik
jamiyatlariga qarzlar, muddati
kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy
tо‘lovlar bо‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati
kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bо‘naklar, byudjetga soliqlarga
oid qarzlar,
sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan tо‘lovlarga oid qarzlar,
ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank
kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va
boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi.
Agar korxona kredit bitimiga binoan majburiyatlarni uzoq muddatli qayta
moliyalashni nazarda tutsa, unda uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi joriy
majburiyatlardan chiqarib tashlanadi. Ularning summalari va qayta moliyalash
shartlari balansga tushuntirish xatida asoslab beriladi.
Dostları ilə paylaş: