25
toshchalarni ma’lum bir joyda yoki idishga to’plab hisob- kitob olib
borilgan. Insoniyatni ibtidoiy avlodlari hisob qurollari sifatida dastlab qo’l
barmoqlaridan, mayda toshchalardan, cho’pchalardan foydalanishgan.
Ibtidoiy jamoa negizida mehnat taqsimotini yuzaga kelishi va yozuvni
paydo bo’lishi, hisob olib borishda daraxt po’stlog’idan
foydalanishga olib
keldi. Hozirda ham har bir oilaning o’z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-
kitob yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha oilaning turmushi obod bo’ladi.
Bundan ko’rinib turibdiki, hisob insonlarning doimiy hamrohi va
hamkoridir.
Xo’jalik hisobidan insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo’ladigan
voqeliklarni kuzatish hamda ular uchun xizmat qiladigan mehnat vositalari
va mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadida
foydalanilib kelingan va
foydalanilmoqda. Xo’jalik hisobi, eng avvalo, takror ishlab chiqarish
jarayonini boshqarish va xo’jalik subektlari faoliyatiga rahbarlik qilish
uchun zarur.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan, xo’jalik hisobining usullari va
texnikasi o’zgarib borgan. Ayniqsa unga bo’lgan
talab tovar ayirboshlash
davriga kelib kuchaydi. CHunki tovar almashtirishning teng baholanishi
uchun sotish (ayriboshlash) qanday ekvivalent tenglik asosida yuz bergan
bo’lsa, sotib olish ham xuddi shunday qiymatlar tengligi asosida yuz berishi
kerak. Tovar ishlab chiqaruvchining xo’jaligida bir isteomol qiymatidagi
tovarni boshqa isteomol qiymatga, boshqacha qilib aytganda tovarni tovarga
ayriboshlash yuz beradi. Bunday almashtirishning
teng baholanishi uchun
ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi
miqdorini bilish talab qilinadi. Bunday ma’lumotlar xo’jalik hisobini yuritish
bilan olinadi.
Xo’jalik hisobi insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan va
bo’ladigan hodisalarni kuzatish asosida, mehnat qurollari va mehnat
buyumlarini hamda jonli mehnat jarayonlarini
hisobga olish maqsadlari
uchun xizmat qiladi. SHu bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi subektlarning
26
xo’jalik jarayonlariga tahsir etib, ularni rivojlanish istiqbollarini ko’rsatib beradi.
Xo’jalik hisobi, korxonaning tasarrufidagi mablag’lardan takror ishlab
chiqarish jarayonida foydalanishda moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish,
boshqarish va unga rahbarlik qilishga xizmat qiladi. Bunday tahrifdan xo’jalik
hisobi bajaradigan quyidagi funksiyalarni belgilab olish mumkin (1-chizma).
Dostları ilə paylaş: