22
angliya-amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli
buxgalteriya hisobi fanining vazifasi, predmeti, obhekti, usul va uslubiyoti,
tamoyillari va tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari ham turlicha. Buyuk
Britaniya buxgalterlar maktabining namoyondalari Angliya
iqtisodiyotida faoliyat
ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya hisobi
usullari rahbarning feol-atvoriga hamda dunyo qarashiga bog’liqligini ko’rsatib
o’tadilar. SHu sababdan ham angliya - amerika buxgalteriya hisobi maktablarida
yagona uslubiyotga amal qilinmaydi. Ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat
ko’rsatayotgan firma va kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil
mazmunga ega bo’lishi va biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari
uchun hizmat qilishini aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik
va aniqlikni yo’qligi tufayli Angliya firma va kompaniyalari
tez-tez bankrotga
uchraydi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlik tamoyilini
amal qilmasligi sababli bu davlatda audit va uning rivojlanishiga alohida ehtibor
beriladi.
Mustaqillik davrida Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik jihatdan
qayta jihozlashni amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan hisob
tizimi tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan
buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va
xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda.
Mulkiy munosabatlarning
erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik
yurituvchi subhektlar mustaqil o’z-o’zini boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin
iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining muhim hamda ajralmas qismi
hisoblangan xo’jalik yurituvchi subhektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda
ularning mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta
ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi subhektlarda tashkil
qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi.
Ma’lumotlarning qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi tashkil
qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar
23
kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda
takomillashib boradi.
O’zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko’p bo’lgani yo’q.
Bu qisqa davr ichida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib
borishida xukumatimiz, olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko’plab
uslubiy, ilmiy, nazariy, amaliy ishlar amalga oshirildi. Masalan, 1996 yil 30
avgustda buxgalteriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan O’zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuni, Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan “Mahsulot
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”
Nizom qabul qilindi,
Buxgalteriya hisobi Milliy andozasining 24 ta standarti ishlab chiqildi va
amaliyotga joriy qilindi. O’zbekistonda buxgalteriya hisobining Toshkent
(namoyondalari: professor S. Qodirxonov, professor S .Valiev, professor S.
Sotiboldiev, professor S. Yuldashev, professor I. Karimov, professor R. Xolbekov,
professor A. Tuychiev va boshqalar), Samarqand (professor R. Abdullaev,
professor K. O’rozov, professor M. Pardaev), Farg’ona (professor D. Qudbiev,
professor I. Ismanov, professor A. Abdullaev) milliy maktablarini ajratib ko’rsatish
mumkin.
O’zbek buxgalteriya hisobi maktabining shakllanishida professor Saidkarim
Boboxonovich Qodirxonovning qo’shgan hissasi juda kattadir. Domla
birinchilardan bo’lib, 1970 yilda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” nomli darslikni
rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qildi, 1976 yilda “Sanoatda
korxonalarida
buxgalteriya hisobi” nomli darsligi o’zbek tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi
iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993 yilda bu darslik qayta nashr qilindi.
Hozirda bu o’quv-uslubiy qo’llanmalar O’zbekistonda buxgalter kadrlarni
tayyorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Professor Saidkarim
Boboxonovich Qodirxonov jonkuyar ustoz sifatida ko’plab shogirdlar tayyorladi.
Ular O’zbukiston iqtisodiyotini turli sohalarida samarali faoliyat yuritib
kelishmoqda. Xususan: pensioner Galina Petrovna Grankina, O’zbekiston
24
qahramoni, iqtisod fanlari nomzodi SHukurjon Mamatqulov, TDIU “Buxgalteriya
hisobi va audit kafedrasi” mudiri, ,
iqtisod fanlari doktori, professor Rasuljon
Xolbekov, Farg’ona filoyati, Farg’ona tumani hokimi, iqtisod fanlari doktori
Ilhomjon Nosirov, Farg’ona politexnika instituti “Buxgalteriya hisobi va audit”
kafedra dotsenti Najmiddin Toshmamatov va boshqa kuplab ilim ahillari.
Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonovning bevosita tashabusi
bilan 1992 yili “O’zbekiston Buxgalterlar Assotsiatsiyasi” tashkil qilinda.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobini rivojlantirshda va milliy hisobchilikni barpo
etishda kuplab yutuqlarga erishdi Hozirgava assotsitsiya
tashabusi bilan
buxgalteriya hisobining 24 andazasi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi.
Natijada milliy hisobchilik tizimi halqaro andazalar asosida modernizatsiya qilindi.
Professor Saidkarim Boboxonovich Qodirxonov bir nechta Respublika va Butun
Ittifoq ilmiy anjumanlarini tashkilotchisidir.
Dostları ilə paylaş: