Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 QAT’IY HISOBDAGI BLANKLARNI HISOBGA OLISH, SAQLASH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
5. QAT’IY HISOBDAGI BLANKLARNI HISOBGA OLISH, SAQLASH, 
HISOBDAN CHIQARISH 
Rasmiy davlat hujjatlari, davlat gerbli guvohnomalari, shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlar, harbiy hisobga olish hujjatlari, ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar, huquq 
beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar va belgilangan tartibda 
numerator bilan, bosmaxona usulida raqamlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlari 
shaklidagi blanklar qat’iy hisobdagi blanklar deyiladi.
Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo’q 
qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 
283-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga 
buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi 
to’g’risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi
70

Qat’iy hisobdagi blanklarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan 
korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug’i bilan tayinlanadi 
hamda Mehnat kodeksining 203-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka 
tartibdagi to’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi yozma shartnoma tuzadilar. Agar 
mas’ul shaxs vaqtincha yo’q bo’lsa yoki boshqa ishga o’tib ketayotgan bo’lsa, 
qat’iy hisobdagi blanklar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan 
shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi..
70
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2000 yil, 7-son, 42-modda (mazkur NizomgaO’zR VM 
28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan). 


394 
Qat’iy hisobdagi blanklarni yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning 
mas’ul shaxsi tomonidan blankalar miqdorining ilova hujjatlarda ko’rsatilgan 
miqdorga muvofiqligi tekshirib va shu to’g’rida dalolatnoma tuzib qabo’l qilib 
olinadi.
Matbaa korxonasidan sotib olingan (buyurtma qilingan) qat’iy hisobdagi 
blanklarda kamomad yoki nuqsonlar, himoya setkasining, bosma matnning 
yo’qligi yoki zararlanganligi, takrorlangan raqamlar yoki boshqa seriya yoki 
raqamga ega bo’lgan blanklarning mavjudligi, xiralashgan harfli, noto’g’ri 
kesilgan va noto’g’ri formatli blanklarning mavjudligi, blanklarda seriya va 
raqamlarning yo’qligi yoki matbaa korxonasi paketlaridagi nakleykalarning boshqa 
nomuvofiqliklari holati aniqlanganda, uch nusxada dalolatnoma tuziladi. 
Dalolatnomaning birinchi nusxasi ilova nuqsonli blanklar bilan birga matbaa 
korxonasiga jo’natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nuqsonli blanklar 
kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi. SHikoyatlar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda bildiriladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklar seyflarda, yonmaydigan javonlarda yoki
korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanadi. Qat’iy hisobdagi blanklarni 
ko’p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularni buzilish yoki o’g’irlanishini 
istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlanadi. Korxonada mavjud 
qat’iy hisobdagi blanklarning butligini ta’minlash maqsadida ish paytidan tashqari 
vaqtda korxonaning qat’iy hisobdagi blanklarini saqlash joylari, seyf, 
yonmaydigan javon va maxsus jihozlangan xonalar, omborxonalar muhrlanadi 
yoki plombalanadi. 
Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blanklarning hisobini ularning nomi, seriyasi 
va raqami bo’yicha raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga 
olish jurnali”da yuritadi. Jurnalning so’nggi varag’ida korxona rahbari yoki u 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar imzosi bilan “Mazkur 
jurnalda... sahifa raqamlangan” deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar 
soni yozuv bilan yoziladi.


395 
“Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va 
qisqartirishlarsiz to’ldiriladi. Jurnalda o’chirishga yo’l qo’yilmaydi. Yo’l qo’yilgan 
xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog’liq mas’ul 
shaxslarga blanklarning butligini ta’minlovchi sharoitlar yaratilgan bo’lishi lozim.
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga olish 
schyotida ularning nomi, miqdori bo’yicha korxona “Hisob siyosati”da nazarda 
tutilgan baho bo’yicha hisobga olinadi (oborot aktivlarni ikki xil baholashdan - 
haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish narxi) yoki bozor narxi 
(sof sotish qiymati) - eng pasti bo’yicha)
71
.
Hisob beruvchi shaxslarga qat’iy hisobdagi blanklarni berish korxona rahbari 
yoki u tayinlagan shaxslarning topshirig’i asosida amalga oshiriladi. Hisob 
beruvchi shaxslar qat’iy hisobdagi blanklarni qabul qilish va ishlatish bo’yicha 
hisobot berib turadi va ular tomonidan qabul qilingan har bir qat’iy hisobdagi 
blankning ishlatilishi uchun javobgardir.
Hisob beruvchi shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalar ularning har bir 
nomlanish turi uchun alohida ikki nusxada yuritiladigan “Qat’iy hisobdagi 
blankalarni olish - nazorat qilish varag’i”da nazorat qilinadi. Bunda olish-nazorat 
qilish varaqlari ikki nusxada to’ldiriladi va ulardan bittasi qat’iy hisobdagi 
blanklarni hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisob beruvchi shaxsga, 
ikkinchisi mas’ul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Olish-nazorat qilish 
varag’ining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki 
u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar imzosi, korxona 
muhri qo’yiladi.
Hisob beruvchi shaxs olish-nazorat qilish varag’ini qat’iy hisobdagi 
blanklarni to’g’ri ishlatish bo’yicha nazoratni amalga oshiradigan shaxsga taqdim 
etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blanklarning ishlatilganligi va blanklarning 
keyingi 
turkumini 
berish 
lozimligi to’g’risidagi ma’lumotlar to’g’ri 
71
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi Nizom 
(mazkur Nizomga O’zR VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan). 


396 
to’ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo 
chekadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning inventarlanishi O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan 
tasdiqlangan “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” 19-son O’zbekiston 
Respublikasi Buxgaltariya hisobi milliy standartida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi
72
.
Qat’iy hisobdagi blanklarda o’chirish va tuzatishlar aniqlangan hollarda 
hamda qat’iy hisobdagi blanklarni to’ldirish va ishlatish bo’yicha belgilangan 
tartibning boshqa buzilishlari holatida mas’ul shaxsga nisbatan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda choralar ko’riladi.
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga olish 
schyotidan xarajatlarni hisobga olish schyotiga ularni hisob beruvchi shaxslarga 
berishga qarab hisobdan chiqarib boriladi va 006 - "Qat’iy hisobda turuvchi 
blanklar" balansdan tashqari hisobvarag’iga kirim qilinadi. 
Qat’iy hisobdagi blanklar 006 - "Qat’iy hisobda turuvchi blanklar" nomli 
balansdan tashqari schyotidan, hisob beruvchi shaxslarning ishlatilgan qat’iy 
hisobdagi blanklar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarning balansdan tashqari hisobi ularning qiymati, 
miqdori va nominal bo’yicha ularning umumiy hisob summasi bo’yicha yuritiladi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarning qiymati mavjud bo’lmaganda, ular haqiqiy sotib 
olish qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan, zararlangan hamda 
almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va 
shu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. 
72
Qat’iy hisobdagi blanklarning yo’qotilishi va kamomadini hisobga olish Adliya vazirligida 23.07.2001 y., 1054-
son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan va Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligining 2001 yil 20 iyundagi 56, 2001-38, 4/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida 
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi 
nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 


397 
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan, zararlangan hamda 
almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklarni yo’q qilish zarurat tug’ilganda, buning 
uchun maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, yo’q qilish to’g’risidagi 
dalolatnoma tuzilgan holda, lekin bir yilda ko’pi bilan bir marotaba amalga 
oshiriladi. 


398 


399 
 
Kassa hisoboti (qaydnoma, reestr)ga ilova qilinadigan, buzilgan yoki 
noto’g’ri to’ldirilgan blanklar yo’q qilinmaydi, balki ustiga chizib qo’yiladi va ular 
yozilgan kunning o’zida kassa hisoboti (qaydnoma, reestr)ga ilova qilinadi. Qat’iy 
hisobdagi blanklarni belgilangan muddat mobaynida saqlash bo’yicha javobgarlik 
korxona rahbariga yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan 
shaxslarga yuklanadi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin