Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HUJJATLARINI, HISOB REGISTRLARINI VA



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
6. BUXGALTERIYA HUJJATLARINI, HISOB REGISTRLARINI VA 
MOLIYAVIY HISOBOTLARNI IDORAVIY VA DAVLAT ARXIVGA 
TOPSHIRISH VA SAQLASH. 
Barcha xо‘jalik operatsiyalarini hujjatlar yordamida о‘z vaqtida, tо‘g‘ri 
rasmiylashtirilishini ta’minlash uchun hujjatlarning harakat davrini va 
bosqichlarini korxonaning hisob siyosatida belgilab qо‘yish kerak. Hujjatlarni 
tuzish yoki boshqa tashkilotlardan olish paytidan boshlab, toki ularni korxona 
arxiviga saqlash uchun topshirishgacha bо‘lgan davr hujjatlarni aylanish davri deb 
ataladi.
Korxonalarda tо‘plangan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari va 
moliyaviy hisobotlar arxivda saqlab qolinadi, yoki qisqa muddat saqlanib, keyin 
yо‘q qilib tashlanadi.Hujjatlarni arxivga topshirgunga qadar quyidagi tayyorgarlik 
ishlarini amalga oshirish kerak: 
1.
Hujjatlarning muhimlik ekspertizasini о‘tkaziladi; 
2.
Bir xil mazmunli hujjatlar alohida yig‘ma jildlarda to’planadi; 
3.
Hujjatlar yig‘majildlarining rо‘yxati tuziladi; 
4.
Davlat saqloviga topshiriladigan hujjatlar tanlab olinadi va o’rnatilgan 
tartibda ularni yig‘ma jildlari shakllantiriladi;
5.
Hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risida dalolatnomalar tuziladi. 
Hujjatlarning muhimlik ekspertizasini tashkil etish va о‘tkazish uchun 
korxona rahbarining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat kо‘rsatuvchi ekspert 
komissiyalari tashkil etiladi. Namunaviy nizomlar asosida, davlat arxivi bilan 


400 
kelishib, ekspert komissiyalari faoliyati haqidagi nizom ishlab chiqiladi va 
tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Muhimlik qiymati ekspertizasi natijalari 
bо‘yicha doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar rо‘yxati tuziladi. 
Hujjatlarni yо‘q qilishga tanlab olish komissiya dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlarini yо‘q 
qilishga ajratish tо‘g‘risidagi ekspert komissiyasi majlislarida kо‘rib chiqiladi va 
korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat saqloviga topshirish uchun doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘ma 
jildlari rо‘yxati tuziladi. Rо‘yxati arxiv muassasalarining ekspertlari tomonidan 
kо‘rib chiqilgandan sо‘ng, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Yо‘q qilishga ajratilgan hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlari dalolatnomalari 
tasdiqlangandan keyin, yо‘q qilishga ajratilgan hujjatlar, hujjatlashtirishni 
ta’minlash xizmati yoki korxonaning idoraviy arxivi xodimlari tomonidan 
ikkilamchi xom ashyo tayyorlovchi idoraga topshiriladi. 
Idoraviy arxivda doimiy va uzoq vaqt saqlanadigan buxgalteriya hujjatlar, 
hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar yig‘majildlari tо‘liq rasmiylashtiriladi, 
unda quyidagilar nazarda tutiladi: 
1.
Hujjatlar yig‘majildlarini tikish va muqovalash; 
2.
Hujjatlar yig‘majildidagi varaqlarni tartib raqamlari bilan belgilash; 
3.
Hujjatlar yig‘majildini tasdiqlovchi varaqni tuzish; 
4.
Hujjatlarning ichki rо‘yxatini tuzish; 
7. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin