O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYA INSTITUTI “BUXGLTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI “AUDIT” FANIDAN “Buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslar” MAVZUSIDA BAJARILGAN M U S T A Q I L I SH Bajardi: 14gs-20- guruh talabasi Nabiyev Bahromxon Qabul qildi: Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD), dotsent О.О.Sobirov Namangan – 2023 yil Reja: I. Asosiy qism.
1. Buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati 2. Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni3. Buxgalteriya hisobotlarini tasdiqlash va topshirish
II. Xulosa Kirish 0‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlami sarhisob qiladigan boisak, ulkan yutuqlar qo'lga kiritilganligining guvohi bo'lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekis- ton Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda 0‘zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatani- mizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi egallaydi. Chunki, buxgalteriyani - biznesning tili deydilar. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xo'jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo'lib, marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbir- korlik faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi,